Özbekistonning Jahon savdo taşkilotiga a’zo bölib kiriş böyiça AQŞ bilan muzokaralari yakunlangani rasman e’lon qilindi.
Amerika Qöşma Ştatlari Özbekistonning JSTga a’zo böliş yölida olib borayotgan harakatlari doirasida tovarlar va xizmatlar böyiça ikki tomonlama bozorga kiriş muzokaralarining yakunlanganini e’lon qilişdan mamnun, deyiladi AQŞ Savdo vakili Ketrin Tayning bayonotida.
Bayden-Harris ma’muriyati Özbekistonning Jahon savdo taşkiloti (JST)ga a’zo bölişi böyiça doimiy sa’y-harakatlarini e’tirof etgan.
Bayonotda qayd etilişiça, Özbekiston 1994 yilda JSTga a’zo böliş uçun ariza bergan va 2020 yildan buyon bu yönalişda faol iş olib bormoqda.
“Özbekistonning muzokaralarga jiddiy kirişgani sönggi ikki yilda, şu jumladan, ikki tomonlama muzokaralarimizning muvaffaqiyatli keçişida muhim omil böldi”, deyiladi bayonotda.
Özbekistonning Jahon savdo taşkilotiga a’zo böliş jarayoni 2005 yilda töxtab qolgan, 2020 yil iyul oyiga kelib jarayon işçi guruhning 4-uçraşuvi bilan rasman qayta boşlangan edi. Undan keyin 2022 yil iyun, 2023 yil mart va 2023 yil noyabr oylarida, şuningdek, 2024 yil may oyida işçi guruh yiğilişlari bölib ötdi. Şu bilan jami Özbekiston taşkilotga a’zo böliş böyiça 8 ta yiğiliş ötkazdi.
May oyidagi yiğilişda Özbekistonda ilk bor taşkilotga a’zo böliş muddati borasidagi maqsadini e’lon qildi. 2026 yil Özbekiston Jahon savdo taşkilotining 2026 yil Kamerunda bölib ötadigan vazirlar konferensiyasiga qadar uşbu taşkilotga a’zo bölib kirişni rejalaştirmoqda.

















