Yevropa Ittifoqi 2025 yilda Ukrainaga yana 30 milliard yevro qöşimça yordam berişini e’lon qildi. Bu haqda 19 dekabr, payşanba kuni keçqurun Yevropa Ittifoqining Bryusselda bölib ötgan sammitidan söng Yevropa kengaşining yangi raisi Antonio Koşta ma’lum qildi, deya xabar bermoqda Reuters. Sammitda Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy ham iştirok etdi.
Ikki kun avval Reuters agentligi manbalarga tayanib, bu miqdor Rossiyaning muzlatilgan aktivlaridan foyda sifatida olingan 18 milliard yevroni öz içiga olgani va Yevropa tinçlik jamğarmasi (YeTJ)dan qöşimça ravişda 12,5 milliard yevro ajratilişini xabar qilgan edi. Yangi 30 milliard yevro YeI Kiyevga Rossiya hujumi boşlanganidan beri taqdim etgan 130 milliard yevroga qöşimça ravişda ajratiladi.
Öz navbatida, Vengriya Taşqi işlar vazirligi rahbari Peter Siyyarto avvalroq Vengriya Yevropa Ittifoqining Ukrainaga YeTJdan 6,5 milliard yevro miqdorida harbiy yordam ajratiş haqidagi qaroriga veto qöyganini ma’lum qilgan edi. Bundan taşqari, Yevropa Ittifoqining taşqi işlar va xavfsizlik siyosati böyiça oliy vakili Kaya Kallas Yevropa Ittifoqi 2025 yildan boşlab Ukrainaga oyiga 1,5 milliard yevro berişni boşlaşini aytdi.
Koşta: Ukrainani YeIga qabul qiliş böyiça muzokaralar 2025 yilda boşlanadi
Yevropa Kengaşining yangi raisi Antoniu Koşta Ukrainaga Yevropa Ittifoqiga qöşiliş jarayonida tezkor özgarişlar haqida va’da berdi. Kamida ikki yönaliş böyiça muzokaralar 2025 yilning birinçi yarmida boşlanadi, dedi Koşta 1 dekabr kuni Yevropa Ittifoqi yangi rahbariyatining Kiyevga taşrifi çoğida. «Biz kelajakda siz bilan birga bölamiz va bu şunçaki sözlar emas, biz gumanitar, iqtisodiy, harbiy va energiya yordamini körsatişni davom ettiramiz», dedi Koşta özining yangi lavozimidagi birinçi kuni.
Ukrainaning Yevropa Ittifoqiga bosqiçma-bosqiç siyosiy va iqtisodiy integratsiyalaşuviga misol, Koştaning fikriça, xorijdagi ukrainalik foydalanuvçilar uçun hamyonbop roumingni joriy etişdir.












