Uçraşuvda Özbekiston elçisi Alişer Töxtayev, Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti direktori Halilillo Hamidov, Golden Ring Economic Forum tahlil markazi raisi Sikander Afzal va boşqalar qatnaşdi.

Muloqot davomida ikki mamlakat "aql markazlari" örtasida hamkorlik aloqalarini yölga qöyiş, qöşma ilmiy-amaliy tadqiqotlar ötkaziş, birgalikda savdo-iqtisodiy munosabatlarda ijobiy ösiş trayektoriyasini saqlab qoliş böyiça yangiça yondaşuv va takliflarni işlab çiqiş masalalari muhokama qilindi.

Tahlil markazlari faoliyati, joriy tadqiqot sohalari va dolzarb izlanişlar töğrisida ma’lumot almaşildi.

Tomonlar Özbekiston va Pokistonda amalga oşirilayotgan iqtisodiy islohotlar, mavjud savdo tariflari, bojxona tartiblari, taşqi savdoni osonlaştiriş, xorijiy investitsiyalarni jalb qilişga qaratilgan siyosat va imtiyozlarga e’tibor qaratdilar.

"Özaro savdo-iqtisodiy yönalişdagi tadqiqotlar Özbekiston va Pokiston uçun keng imkoniyatlar yaratadi. Birgalikdagi sa’y-harakatlarimiz mamlakatlarimiz örtasidagi özaro boğliqlik va iqtisodiy hamkorlikni yangi bosqiçga olib çiqişiga işonçim komil", dedi Sikander Afzal.

Onlayn uçraşuv yakunida savdo-iqtisodiy yönalişdagi amaldagi ikki va köp tomonlama normativ-huquqiy bazani tahlil qiliş, ularning natijadorligi böyiça taklif va tavsiyalar tayyorlaş, investitsiyalarga oid statistik ma’lumotlar bilan almaşiş, manfaatli sohalardagi tadqiqotlar mavzusini muvofiqlaştiriş, akademik doira vakillarining özaro safarlarini uyuştiriş va qöşma tadbirlar taşkil etiş töğrisida kelişib olindi.