Davlat qabul komissiyasining tegişli bayoniga köra bakalavriat hamda magistratura talabalari uçun kontraktni tölaş muddati uzaytirildi.
2024/2025 öquv yilida oliy ta’lim muassasalarining quyidagi bakalavriat hamda magistratura talabalari uçun bazaviy va tabaqalaştirilgan tölov-kontraktning bir yillik öqitiş qiymatidan 50 foizi miqdoridagi tölovlarni amalga oşiriş va talabalar safiga qabul qilişni rasmiylaştirişning sönggi muddati 2024 yil 31 dekabri (şu kuni ham) etib belgilandi:
- tölov-kontrakt jumladan, tabaqalaştirilgan tölov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar (1-kurslar);
- öqişi köçirilgan (köçirib tiklangan) va qayta tiklagan talabalar;
- Qoraqalpoğiston Respublikasida doimiy yaşaydigan hamda umumiy örta, örta-maxsus va professional ta’lim muassasalarini tamomlagan yoşlar uçun ajratilgan qöşimça qabul kvotalariga talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar.
Qayd etilişiça, bu 2024/2025 öquv yilida qabul qilingan abituriyentlar uçungina amal qiladi. Amaldagi tartibga köra, ikkinçi va undan yuqori bosqiç talabalar kontraktini tölaş muddati OTM rahbari tomonidan uzaytirilişi mumkin.
Eslatib ötamiz, oktyabr oxirlarida bakalavriat hamda magistratura talabalari uçun tölovlarni amalga oşiriş va talabalar safiga qabul qilişni rasmiylaştirişning muddati 2024 yil 1 dekabrga qadar uzaytirilgan edi.













