Milliy olimpiya qömitasida Öq otiş sporti federatsiyasining navbatdan taşqari yiğilişi bölib ötdi, deb xabar beradi Mudofaa vazirligi matbuot xizmati.
Qayd etilişiça, yiğilişda kun tartibiga muvofiq, federatsiya tomonidan amalga oşirilgan işlar yuzasidan hisobot tinglangan, söngra Öq otiş sporti federatsiyasi raisi lavozimiga mudofaa vaziri general-mayor Şuhrat Xolmuhammedov nomzodi taklif etilib, yiğiliş delegatlari tomonidan bir ovozdan ma’qullangan.

Yiğiliş söngida, federatsiya raisi yiğilganlarni kelgusida amalga oşiriladigan çora-tadbirlar rejasining qisqaça mazmun-mohiyati bilan taniştirib, hududlarda zamonaviy infratuzilmaga ega va zamon talablariga mos jihozlar bilan ta’minlangan öq otiş binolari bunyod etilişi, sportçilar zamonaviy uskunalar bilan ta’minlanişi hamda kelgusida harbiylar örtasida öq otiş sport turi böyiça «Mergan kubogi» va yoşlar örtasida mamlakat birinçiligi ötkazilişini ma’lum qilgan.
Bundan taşqari federatsiyaning asosiy e’tibori Los-Anjyelesda bölib ötadigan olimpiada öyinlariga litsenziyalarni qölga kiritiş hamda sportçilarning sovrinli örinlarni egallaşiga qaratilişini ta’kidlagan.

Eslatib ötamiz, tayinlovga qadar Özbekiston öq otiş federatsiyasi raisi lavozimida Oybek Norinboyev işlab kelayotgan edi.
Noyabr oxirlarida Özbekiston prezidentining tegişli farmoniga muvofiq general-mayor Şuhrat Xolmuhammedov mudofaa vaziri lavozimiga tayinlangan edi. Tayinlovga qadar u mudofaa vazirining birinçi örinbosari — Qurolli Kuçlar Boş ştabi boşliği lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.












