UQK dronlari Rostov oblastidagi Millerovoga hujum qildi
Rossiya havo hujumidan mudofaa kuchlari Rostov oblastida Ukraina uchuvchisiz uchoqlarining hujumini qaytardi, dedi gubernator vazifasini bajaruvchi Yuriy Slyusar. UUA harbiy aerodrom joylashgan Millerovo shahriga zarba berdi.

Foto: Diego Herrera Carcedo/Anadolu/picture alliance
Ukraina uchuvchisiz uchoqlari 23 dekabr, dushanba kuni harbiy aerodrom joylashgan Rostov oblastining Millerovo shahriga hujum qildi. Bu haqda viloyat gubernatori vazifasini bajaruvchi Yuriy Slyusar va Rossiya Mudofaa vazirligi xabar berdi.
Mintaqa rahbari vazifasini bajaruvchining so‘zlariga ko‘ra, Rossiya havo hujumidan mudofaa kuchlari Millerovo hududida sakkizta Ukraina UUAni urib tushirishga muvaffaq bo‘lgan. Mudofaa vazirligi, o‘z navbatida, Rostov oblastida to‘qqizta uchuvchisiz uchoq urib tushirilganini ma’lum qildi.
Yuriy Slyusarning ta’kidlashicha, «tezkor ma’lumotlarga ko‘ra», hodisa natijasida hech kim jabrlanmagan.
Rostov oblastidagi NQZ kuchli hujumga uchradi
19 dekabrga o‘tar kechasi Rostov oblastiga «30 dan ortiq UUA va 3 ta raketa» hujum qildi, deb yozdi mintaqa gubernatori vazifasini bajaruvchi Yuriy Slyusar Telegramʼda. «Havo hujumidan mudofaa kuchlari Taganrog, Bataysk, Rostov, Shaxti, Kamensk, Millerovo va Novoshaxtinskni himoya qilish uchun joylashtirildi», — deyiladi xabarda. Slyusar Novoshaxtinskiy neft mahsulotlari zavodida «yong‘in sodir bo‘lganini» aniqlashtirdi.
«Afsuski, Rostov yaqinidagi aholi punktida bir kishi jarohat oldi, boshqa oqibatlar haqida ma’lumotlarga oydinlik kiritiladi», deb yozgan gubernator vazifasini bajaruvchi.
O‘z navbatida, Astra Novoshaxtinskdagi neft zavodiga hujum qilingani aks etgan videoni taqdim etdi. Baza Telegram-kanali ham mahalliy aholidan olingan neftni qayta ishlash zavodidagi yong‘in aks etgan bir nechta videolarni e’lon qildi. Rossiya ommaviy axborot vositalarining ta’kidlashicha, Rostov-Don shimolida havo hujumi sirenasi yangradi, shaharning o‘zida ham portlashlar bo‘lgan.
Tavsiya etamiz
Osiyo kubogi g‘oliblari tantanali kutib olindi - foto
Sport | 23:22 / 21.04.2025
“Gentra – qorong‘ilik timsoli” – Mirshakar Fayzulloyev
O‘zbekiston | 19:25 / 20.04.2025
AQShda bir oy ichida minglab talabalarning vizalari bekor qilindi
Jahon | 23:47 / 18.04.2025
Toshkent viloyatidagi ba’zi yo‘llarda ruxsat etilgan tezlik 80 km/soatgacha cheklandi
O‘zbekiston | 23:28 / 18.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Yaponiya narxlar oshishi fonida Janubiy Koreyadan guruch import qilishni boshladi
Jahon | 20:48
-
AQSh Adliya vazirligi Googleʼdan Chrome brauzerini sotishni talab qilmoqda
Jahon | 20:45
-
Hindistonda yuz bergan otishma oqibatida 25 nafar turist halok bo‘ldi
Jahon | 20:09
-
2025 yil birinchi choragida 4,7 ming kishi ozodlikdan mahrum qilindi
O‘zbekiston | 20:07
Mavzuga oid

15:03 / 04.03.2025
Dronlar Rostov oblastidagi neft bazasiga hujum qildi

10:18 / 27.01.2025
Rossiyaning Rostov oblastida O‘zbekiston agrosanoat habi yaratilishi mumkin

10:39 / 19.12.2024
Rostov oblastidagi NQZ kuchli hujumga uchradi

11:49 / 23.08.2024