Braziliya hukumati Xitoyning elektromobil işlab çiqaruvçi gigant kompaniyasi — BYD zavodi qurilişini töxtatdi. Bunga işçilar “qullardek” yaşayotgani sabab böldi, deb yozmoqda BBC.

Davlat mehnat prokuraturasi bergan ma’lumotlarga köra, Braziliyaning şimoli-şarqiy Baiya ştatida 160 dan ortiq işçi “qutqarilgan”. Ta’kidlanişiça, ular inson qadr-qimmatiga töğri kelmaydigan şaroitlarga joylaştirgan, quriliş kompaniyasi ularning pasportlarini tortib olib, maoş ham bermagan.

BYD kompaniyasi öz bayonotida quriliş firmasi bilan aloqalarni uzgani va “Braziliya qonunçiligiga töliq rioya qilişini” ma’lum qilgan.

Zavod 2025 yilning mart oyiga qadar işga tuşirilişi rejalaştirilgan edi, u BYD’ning Osiyodan taşqarida elektromobillar işlab çiqaradigan birinçi zavodi bölişi kutilayotgandi.

Jinjiang Construction Brazil kompaniyasi tomonidan yollangan işçilar Kamasari şahridagi törtta obektda yaşagan. Prokuratura ma’lumotlariga köra, bu obektlardan birida işçilar körpa-töşaksiz uxlaşga majbur qilingan. Bitta hammomdan 31 kişi foydalangani ortida işçilar ança erta uyqudan turişga majbur bölgan.

BYD jabrlanganlar mehmonxonalarga joylaştirilganini xabar qildi. Kompaniya subpudratçi xodimlarning mehnat va yaşaş şaroitlarini “batafsil örganib çiqqanini” hamda quriliş firmasiga şaroitlarni yaxşilaş böyiça “bir neça marta” sörov yuborganini qöşimça qildi.

BYD dunyo miqyosidagi eng yirik elektromobil işlab çiqaruvçilardan biri hisoblanadi. 2023 yilning oxirgi uç oyida kompaniya Ilon Maskning Tesla kompaniyasiga qaraganda köproq elektromobil sotdi. Braziliya — kompaniyaning çet eldagi eng yirik bozori. 2015 yilda BYD San-Pauluda elektrobuslar uçun şassi işlab çiqaradigan birinçi zavodini oçgan.

Ötgan yili BYD Braziliyada elektromobillar işlab çiqariş zavodini quriş uçun 484,2 million dollar sarmoya kiritişini e’lon qildi.

Xitoyda elektromobillar savdosi davlat subsidiyalari tufayli oşgan. Ammo xorijda Xitoy hukumatining mahalliy avtomobil işlab çiqaruvçilarni qöllab-quvvatlaşiga nisbatan norozilik kuçayib bormoqda.

AQŞ va Yevropa Ittifoqi singari yirik bozorlar Xitoydan keltirilgan elektromobillarga bojxona soliğini joriy etdi. AQŞning yangi saylangan prezidenti Donald Tramp boşqaruvi davrida esa bu tariflar yanada oşişi kutilmoqda.