Madaniyat vaziriga köra, sohani nazoratda uşlaş kerak, boşqa imkoni yöq. “Men [erkinlik] bermaylik demoqçi emasman, men taqiqlarga mutlaq qarşiman. Lekin erkin odamning intellekti şunga loyiq bölişi kerak. U 4 devorning içida ham jinoyat qilmasligi kerak, ana öşa kun kelganda erkinlikni kerak bölsa majburlab beramiz”, – dedi vazir.

AOKAda ötgan matbuot anjumanida madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov ançadan beri muhokamalarga sabab bölayotgan savol: “madaniyat sohasida davlat regulyator bölmasligi, vazirlik yopilişi kerakligi”ga javob berdi.

“Bu fikrning oyoği Amerikada turibdi. Baraka topkurlar, oyoğingizni ota-onangiz bosgan izga qöying-da, bu savol çiqmaydi [keyin] sizda. Boya tuşuntirdim, madaniyat sohasi – quş, buni şunday [siqib] uşlaş kerak, boşqa imkoni yöq. Oçsangiz ham manfaat bermaydi, faqat buzğunçilik olib kiradi. Dunyoni köringlar, soğlom odamsizlar-ku.

Erkinlik berib yuborilgan joyda san’atkorlar hamma yerni buzyapti-ku, rasvo qilib yuboryapti-ku. Şuning uçun men [erkinlik] bermaylik demoqçi emasman, taqiqlarga mutlaq qarşiman. Lekin erkin odamning intellekti şunga loyiq bölişi kerak. U 4 devorning içida ham jinoyat qilmasligi kerak, ana öşa kun kelganda erkinlikni bemalol majburlab beramiz, kerak bölsa. “Yöq, bölmayman” desa ham, “yöq, sen erkin yaşaşing kerak” deymiz. Lekin bugun butun jamiyat şunga loyiq deb aytolmaymiz-ku. Bu savolni vijdonimizga qöyaylik”, – dedi vazir.

Eslatib ötamiz, şu yil yozda ötgan “Lolazor” podkastining sonlaridan birida iqtisodçi Behzod Hoşimov Özbekistonda ixçam va samarali davlat boşqaruvini taşkil etişda qaysi vazirliklarni saqlab qolib, qaysilarini tugatiş kerakligi haqidagi fikrlarini bildirgandi. Yopilişi kerak bölgan vazirliklar qatorida Madaniyat vazirigini ham tilga olgan.