Parijdagi Eyfel minorasida yonğin sodir böldi, deb xabar bermoqda BFMTV. 1,2 mingga yaqin taşrif buyuruvçi zudlik bilan evakuatsiya qilingan.

Eyfel minorasini boşqariş bilan şuğullanuvçi kompaniya ma’lumotlariga köra, yonğin liftning ikkinçi va uçinçi qavatlar örtasidagi elektr uzatiş tarmoğida sodir bölgan qisqa tutaşuv sabab yuzaga kelgan. Köngilsiz hodisa sabablari hozirda aniqlanmoqda.

Yonğin mahalliy vaqt bilan soat 10:30 larda boşlangani aytilmoqda. Hodisa joyiga darhol öt öçiruvçilar xizmati yetib kelgan. Taşrif buyuruvçilardan heç kimga jarohat yetmagan.

Minora bugun, 24 dekabr kunining özida mehmonlar uçun qayta oçilgan, faqat ikkinçi qavatga çiqişga çeklov qöyilgan.

Eslatib ötamiz, 2019 yilning 15 aprel kuni Fransiya poytaxtining asosiy ramzlaridan biri bölgan gotika uslubidagi Notr-Dam soborida kuçli yonğin sodir bölgandi. Sobor gumbazli şiftining qismlari vayron bölgan, XIX asrga tegişli şpil qulab tuşgan va içki qismi katta zarar körgan. Yonğin sodir bölgan keçadayoq Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Notr-Damning beş yil içida qayta tiklanişiga va «har doimgidan ham gözal» bölişiga va’da bergan edi. Joriy yilning dekabr boşlarida restavratsiya qilingan Notr-Dam soborining oçilişiga bağişlangan tantanali marosim bölib ötdi.