Rossiya prezidenti Vladimir Putinning sözlariga köra, zamonaviy havo hujumidan mudofaa vositalari tutib qola olmaydigan «Oreşnik» raketasini işlab çiqarişda Ğarbning ilğor texnologiyalaridan foydalanilayotgani ma’lum böldi, deb yozmoqda Financial Times.

Bu kabi xulosa Rossiyada raketa texnikalari, jumladan, ballistik raketalarni ham işlab çiqaruvçi yirik korxonalar faoliyatiga oid ma’lumotlarga asoslanilgan. Gap Moskva issiqlik texnikasi instituti (MITI), «Sozvezdiye» konserni hamda «Titan-Barrikadi» ilmiy-tadqiqot markazi töğrisida ketmoqda. Ukraina razvedkasi oldinroq uşbu korxonalar «Oreşnik»ni yaratişda iştirok etayotganini ma’lum qilgandi.

Yuqoridagi korxonalarning dastlabki ikkitasi nemis va yapon kompaniyalari tomonidan işlab çiqarilgan metallarni qayta işlovçi tizimlar bilan işlaşga qodir mutaxassislarni qidirgan.

2024 yilda taktik va strategik qit’alararo ballistik raketalarni işlab çiqariş bilan şuğullanuvçi MITI Germaniyaning Siemens va Heidenhain, şuningdek, Yaponiyaning Fanuc raqamli nazorat tizimlariga tuşuna oladigan mutaxassislarni işga yollayotgani haqida e’lon bergan.

Uşbu uçta kompaniya stanoklaridan Voronejdagi «Sozvezdiye» mudofaa korxonasida ham foydalaniladi. Konsern vakansiyalarida potensial işçilar yuqoridagi kompaniyalarning tizimlarini tuşunişi kerakligi körsatilgan.

Bundan taşqari, FT Volgograddagi artilleriya va raketa texnikasiga ixtisoslaşgan «Titan Barrikadi» kompaniyasi videosiga ham e’tibor qaratgan — unda işçilar Fanus logotipi tuşirilgan qurilma qarşisida turganini köriş mumkin.

Ukraina va uning ittifoqçilari Rossiyaga harbiy maqsadlarga möljallangan texnologiya va uskunalarning kirib borişini çeklaşga urinayotganiga qaramay, 2024 yil boşidan beri bu kabi yetkazib berişlar hajmi kamida 3 million dollarni (jumladan, Heidenhain mahsulotlari ham) taşkil etgan. FT’ga köra, Rossiyaga bu turdagi tovarlarning kirib borişi umuman olganda sekinlaşgan.

Oxirgi partiyalardan birining içidan qiymati 345 ming dollar turadigan, 2023 yilda işlab çiqarilgan Heidenhain yangi boşqaruv bloki mavjud tizim örin olgan. Uşbu komponent «frezerlaş, tokarlik va silliqlaş kombinatsiyalaşgan operatsiyalarini bajariş imkonini beradi». Qurilma Xitoy orqali AQŞ sanksiyalari ostida bölgan Rossiyaning Baltic Industrial Company kompaniyasiga yuborilgan.

Putin «Oreşnik»ning uçirilgani haqida 21 noyabr kuni e’lon qilgandi. Uning sözlariga köra, bu Ğarbning uzoq masofaga möljallangan qurollari yordamida Rossiya hududiga berilgan zarbalarga javobdir. RF prezidentiga köra, zamonaviy havo hujumidan mudofaa tizimlari «Oreşnik» raketalarini