2025 yilda mehnat migrantlari uçun patent narxi Rossiyaning barça hududlarida özgaradi va mintaqalar örtasidagi farq sezilarli böladi. Bu haqda Rossiyaning yuridik xizmatlar körsatuvçi Rossiyaning «KonsultantPlyus» kompaniyasi xabar berdi.
Çet el fuqarolariga vizasiz mamlakatlardan kelib işlaş huquqini beruvçi patent uçta tarkibiy qismdan iborat: bazaviy stavka (1200 rubl), deflyator koeffitsiyenti (2,594) va mintaqaviy koeffitsiyent, bu davlat organlari tomonidan belgilanadi.
Qayd qilinişiça, kelgusi yilda eng qimmat patent Krasnodar ölkasida - 17120 rubl, undan keyin Çelyabinsk oblasti (15000 rubl) va Tver oblasti (14973 rubl) turadi. Eng arzon patent Çeçenistonda böladi - 3113 rubl.
Patent narxining nisbatan kiçik ösişi Çeçeniston (+233 rubl), Qrim* (+372 rubl), Mordoviya (+442 rubl) va Tuvada (+446 rubl) qayd etilgan. Şu bilan birga, Krasnodar ölkasida u 7040 rublga, Çelyabinsk oblastida 6780 rublga qimmatlaşdi. Istisno Xakasiya Respublikasi bölib, patent narxi 7085 rubldan 6226 rublgaça kamaydi.
Patent qiymati böyiça hududlar röyxati:
1. Krasnodar ölkasi - 17120 rubl
2. Çelyabinsk oblasti - 15000 rubl
3. Tver oblasti - 14973 rubl
4. Saxa Respublikasi (Yakutiya) - 14004 rubl
5. Trans-Baykal hududi - 13385 rubl
6. Yamalo-Nenets avtonom okrugi - 12488 rubl
7. Murmansk oblasti - 12451 rubl
8. Primorsk ölkasi - 11766 rubl
9. Sevastopol* - 11478 rubl
10. Tula oblasti - 11200 rubl
11. Xanti-Mansiysk avtonom okrugi - Yugra - 11097 rubl
12. Saxalin oblasti - 10770 rubl
13. Qrim Respublikasi* - 10895 rubl
14. Irkutsk oblasti - 10855 rubl












