Farğona şahrida yaşovçi Muqaddas Ğaniyeva turmuşi buzilib ota uyiga qaytib keladi. Ota uyida akasi va içkuyov bölgan ikkinçi turmuş örtoği bilan çiqişi olmay köçada qoladi. Iş va boşpana topa olmagan muştipar ona noilojlikdan 6 yaşar öğli Azizbek va 2 yarim yaşar qizi Imronaxonni enagaga topşirib özi Rossiyaga işlaş uçun ketadi. Enaga esa qizaloqni döpposlab boş qismi va butun tanasiga jiddiy jarohat yetkazadi.

Odamning olasi içida deyişadi. Enaga va uning turmuş örtoği murğak qizni kaltaklab, unga azob berişgan. Qiynoqlarning guvohi bölgan qizaloqning akasi Azizbek esa qörqitilgan.

Tinimsiz kaltaklanişlar ortidan Imronaxonning boşiga qon yiğilgan, peşona suyagi yorilgan, tanasi momataloq bölgan. Reanimatsiya bölimida miyasidan qon olinib, uning hayoti saqlab qolindi. Lekin qizçani kaltaklagan enaga va uning turmuş örtoğiga heç qanday çora körilmadi. Aniqroği, çora köradigan biror taşkilot topilmadi.

Ayni paytda Imronaxon va Azizbek onasining yaqin tanişi bölgan ayol qaramoğida. Reanimatsiyadan çiqqan qizaloqda tinimsiz kaltaklanişning jiddiy asoratlari qolgan. Tana harorati kötarilganda yuzlari kökarib qolyapti. Muqaddas Ğaniyeva hamon Rossiyada. U bölib ötgan voqeadan qattiq qayğuga tuşgan. Vataniga qaytişning imkonini topa olmayotgan muştipar ona çorasiz holatda.

Muqaddas Ğaniyeva

Aka-singilga öz uyidan joy berib ularga ğamxörlik qilib kelayotgan ayol bölib ötgan voqeani sözlab berdi.

“Imronaxon va uning akasi Azizbekni ötgan yili menga taşlab onasi Rossiyaga işlaş uçun ketgan edi. Muqaddasxon 1987 yil. Turmuşi bölmagan, ikkita farzandi bilan ota uyiga siğmay, köçalarda yurdi, qiynaldi hammadan yordam sörab. Noilojlikdan ketgan edi-da Rossiyaga.

Bolalarga bir yil qaradim. Oradan bir muddat ötib boşqa enaga topilganini aytişib ularni olib ketişdi.

Kunlarning birida Muqaddasxondan qönğiroq böldi. Bu safar uning ovozi xavotirli, titrab gapirardi. U Imronaxon yiqilib tuşib peşonasi ğurra bölgani, yangi topilgan enaga bolasini negadir Telegram orqali körsatmayotgani haqida aytdi.

Keyin bilişimça Xanifa ismli enaga ayol Azizbek va singlisiga qarayotgan ekan. Muqaddasxonning iltimosiga köra enaganing uyiga borib, tilxat yozib berib Azizbek va Imronaxonni olib ketiş uçun kelganimni aytdim. Qizçani olib çiqib berişdi.