Komil Allamjonovga suiqasd bilan boğliq jinoyat işi doirasida ikki nafar Rossiya fuqarosi – Bislan Rasayev va Şamil Temirxanov qidiruvga berilgan, deya ma’lum qildi Özbekiston Boş prokuraturasi.
Qayd etilişiça, ular qonunga xilof ravişda Özbekistonga kiriş va çiqiş, jinoyat haqida xabar bermaslik hamda öqotar qurolning qonunga xilof muomalasi kabi jinoiy harakatlarni sodir etgani aniqlangan.
“B.Rasayev va Ş.Temirxanovlar Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegişli moddalari bilan sirtdan ayblanuvçi tariqasida jalb qilinib, ularga nisbatan qamoqqa oliş tarzidagi ehtiyot çorasi qöllanilgan holda qidiruv e’lon qilingan”, – deyiladi xabarda.
Çeçenistonlik ekani aytilayotgan bu ikki şaxs Özbekiston tomonidan xalqaro qidiruvga berilgani haqida Kun.uz Interpol saytidagi ma’lumotga tayanib ötgan hafta xabar bergan edi.
Xorij matbuotiga köra, Rasayev va Temirxanovga Özbekiston prezidenti administratsiyasi sobiq mulozimi Komil Allamjonov hamda Istiqbolli loyihalar agentligi direktori Dmitriy Li hayotiga suiqasd qiliş buyurtmasi berilgan, bu ikki qotillik uçun buyurtmaçi tomonidan ularga 1,5 mln dollar mukofot va’da qilingan.
Komil Allamjonovga suiqasd
2024 yil 30 sentabrgaça Özbekiston prezidenti administratsiyasida Axborot siyosati departamentini boşqarib kelgan Komil Allamjonov 26 oktyabr kuni Qibraydagi öz uyi yaqinida hujumga uçradi: u ötirgan maşinaga bir neça bor öq uzilgan. Hodisada Allamjonovning öziga şikast yetmagan.
Boş prokuratura bundan avval 25 noyabr kuni bergan bayonotida jinoyatga aloqadorlikda gumonlanib 7 kişi uşlanganini ma’lum qilgan, ulardan faqat bir nafarining şaxsini oçiqlagan edi: bu – Janubiy Koreyadan ekstraditsiya qilingan Javlon Yunusov. Bayonotda yana bir gumondor Qozoğistonda qölga olingani ma’lum qilingandi.
Noyabr oyida Davlat xavfsizlik xizmati va Içki işlar vazirligi tizimida bir qator yuqori lavozimli amaldorlar işdan olindi











