Özbekiston elçixonasi taşabbusi bilan Koreya xalqaro soğliqni saqlaş jamğarmasi (KOFIH) prezidenti Il Su Xa bilan hamkorlik aloqalarini örnatiş böyiça muzokaralar ötkazildi.
Uçraşuv davomida mamlakat ijtimoiy yönalişda olib borayotgan siyosati, jumladan jamiyatning ijtimoiy himoyasini ta’minlaş, aholining turmuş darajasini yaxşilaş, ijtimoiy xizmatlar körsatiş hamda nogironlar uçun maxsus markazlarni yaratiş böyiça faoliyati töğrisida batafsil ma’lumot berildi.
Şu bilan birga, Özbekiston prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi va Koreya xalqaro soğliqni saqlaş jamğarmasi örtasida özaro hamkorlik hujjati loyihasini şakllantiriş yuzasidan aniq kelişuvlarga erişildi.
Tadbir davomida Özbekistonda keksalar va nogironlarni qöllab-quvvatlaş uçun kunduzgi markazlarni taşkil etiş, Janubiy Koreya modeli asosida oilaviy zöravonlik qurbonlariga tez yordam körsatiş markazlari modelini joriy etiş hamda ijtimoiy himoya va tibbiy yordam xizmatlarini integratsiyasi jarayonini takomillaştirişga kömaklaşiş böyiça fikr almaşildi.
Bundan taşqari, hozirgi kunda Toşkent tibbiyot akademiyasining öquv salohiyatini oşiriş hamda Samarqandda sil kasalligini aniqlaş va davolaşni kuçaytiriş kabi loyihalarini öz vaqtida va samarali amalga oşirişga alohida e’tibor qaratildi.












