Jahon | 17:20 / 28.12.2024
768
2 daqiqa o‘qiladi

Lukashenko yana 20 nafar siyosiy mahbusni afv etdi

Belarus rahbari Aleksandr Lukashenko 20 nafar mahbusni afv etish bo‘yicha qaror qabul qildi. Prezident matbuot xizmatiga ko‘ra, ularning barchasi «qilgan ishidan pushaymonligini bildirib, kechirim so‘ragan».

Aleksandr Lukashenko Belarusda «ekstremizm» moddasi bo‘yicha qamalgan 20 kishini afv etdi. Bu haqda Belarus prezidentining matbuot xizmati xabar berdi.

«Afv etilganlarning 11 nafari — ayollar, 14 nafari surunkali kasalligi mavjud insonlardir, 10 nafar mahkumning farzandlari bor, ayollardan biri to‘rt bolali», — deyiladi xabarda.

Lukashenko matbuot xizmatining qayd etishicha, ularning barchasi «qilgan ishidan pushaymonligini bildirib, kechirim so‘ragan».

Afv etilgan siyosiy mahbuslarning ismlari oshkor etilmadi.

So‘nggi oylarda Belarusda bir necha bor siyosiy mahbuslar ozod etildi. Xususan, 16 avgust kuni Lukashenko 30 nafar mahbusni afv etgan bo‘lsa, 4 sentabrda — 30 kishi, 16 sentabrda — 37 mahbus, noyabr boshlarida — 31 kishi, noyabr oxirlarida va dekabr boshlarida esa jami 64 mahbus ozodlikka chiqdi.

Oktyabr oxirlarida Aleksandr Lukashenko belaruslik faol Mariya Kolesnikova afv etish haqida murojaat qilsa, uni afv etish masalasini ko‘rib chiqishga qarshi emasligini aytgandi.

Mavzuga oid