Pokiston-Afğoniston çegarasidagi bir qança nazorat-ötkaziş punktlarida qurolli töqnaşuvlar yuz berdi. Tomonlar yöqotişlar böyiça turli ma’lumotlarni bermoqda. 25 dekabr kuni Afğoniston hukumati Pokistonning havo hujumi oqibatida 51 kişi halok bölganini e’lon qilgan edi.
Ikki davlat çegarasida töqnaşuvlar 27 dekabr kuni keçqurun boşlangan. Pokistonning Dawn gazetasi yozişiça, mahalliy çegaraçilar aksilterror operatsiyasi davomida kamida «Tolibon»ning 9 nafar jangarisini yöq qilgan. Naşr ma’lumotlariga köra, Pokiston tomonidan qurbonlar yöq.
Afğonistonning TOLOnews telekanali 19 nafar pokistonlik askar halok bölgani haqida xabar berdi. Telekanal ma’lumotlariga köra, «Tolibon» harakati 5 kişini öldirgan, yana uç kişi jarohatlangan.
Töqnaşuvlar Pokiston radikal guruhlari mustaqil davlat tuzişga intilayotgan hududda sodir bölgan. Ular «Al-Qoida» bilan aloqador. 25 dekabr kuni Pokiston Afğoniston hududiga havo hujumi uyuştirdi. Islomobodning ta’kidlaşiça, nişonlar terrorçilarning boşpanalari bölgan. Kobul zarba uçun javob qaytarişga va’da berdi.












