Hindiston GES qurilişi özining suv ta’minotiga jiddiy xavf solişi mumkinligini ta’kidlayapti. Loyiha Hind daryosiga suv oqimini qisqartiradi, bu esa Hindistonning katta qismida suv yetkazib beriş tizimiga salbiy ta’sir körsatişi mumkin.
Ekologlar bu GES qurilişi Tibetning nozik ekologik tizimiga qaytarib bölmaydigan zarar yetkazişidan xavotirda. Ular quriliş mintaqa bioxilma-xilligiga, ösimlik va hayvonot dunyosi barqarorligiga salbiy ta’sir qilişi mumkinligini ta’kidlamoqda.
Xitoy hukumati bu GES mamlakat energiya ta’minotini oşiriş va iqtisodiy rivojlanişni qöllab-quvvatlaş uçun muhim ekanini ta’kidlayapti. Ammo, loyihaning global va mintaqaviy oqibatlari böyiça muhokamalar hamon davom etmoqda, deb yozmoqda BBC.
Pekin daryoning quyi qismidagi Brahmaputra (Xitoyda — Tsangpo daryosi) böylab dunyodagi eng yirik GES qurişni rejalaştirmoqda. Janubiy Osiyoning eng yirik suv arteriyalaridan biri bölgan bu daryo Yarlung Tsangpo yoyiladigan darada oqadi va uning suvlaridan yangi GES uçun suv ombori şakllantiriladi.
Xitoy bu loyiha haqida ilk marta 2020 yil oxirida e’lon qilgan edi. Rasmiy ma’lumotlarga köra, yangi gidroelektrstansiya Xitoydagi Yangji daryosida qurilgan va hozirgi kunda dunyodagi eng qudratli GES bölgan «Uç dara» stansiyasidan uç baravar köproq elektr energiyasi işlab çiqaradi.
Xitoy davlat naşrlari yangi GESni «Xitoy ekologik farovonligini muhofaza qilişga qaratilgan xavfsiz loyiha» sifatida ta’riflaydi. Rasmiylar bu GES mamlakatda uglerod çiqindilarini sezilarli darajada kamaytiradi va mahalliy aholi turmuş şaroitlarini yaxşilaşga xizmat qiladi, deb ta’kidlayapti.
Biroq ekspertlar, inson huquqlari böyiça faollar va ekologlar loyiha salbiy oqibatlarga olib kelişi mumkinligidan xavotirda. Ular qurilişning atrof-muhit va Brahmaputra daryosi sohasidagi aholiga yetkazadigan salbiy ta’sirlari loyiha berişi mumkin bölgan foydadan ança ortiq bölişi mumkinligidan ogohlantirmoqda.
GES qurilişi mahalliy aholining katta qismini öz joyidan köçirişni talab qiladi. Aytişlariça, bu loyiha doirasida bir milliondan ortiq tibetlik öz uylarini tark etişga majbur böladi.
Şuningdek, mazkur mintaqa landşafti sezilarli darajada özgarişi mumkin, bu esa öziga xos ekologik tizimlar yöqolişi yoki ular jiddiy zarar körişiga olib keladi. Ekologlar ta’kidlaşiça, bu mintaqa biologik xilma-xillik va ekotizimlar boyligi bilan ajralib turadi, bu esa Tibet toğli hududining boşqa qismlarida köp uçramaydi.














