Quyidagilar tasdiqlandi, jumladan:
- O‘zbekistonda voyaga yetmagan shaxslarga nisbatan vasiylik va homiylik organi to‘g‘risidagi nizom;
- Voyaga yetmagan shaxslarga nisbatan vasiylik va homiylik belgilash tartibi to‘g‘risidagi nizom;
- Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni farzandlikka olish tartibi to‘g‘risidagi nizom;
- Bolalar uylari to‘g‘risidagi nizom;
- Mehribonlik uylari to‘g‘risidagi nizom;
- Kichik hajmli bolalar uylari to‘g‘risidagi nizom.
Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni oilaga tarbiyaga (patronat) olgan tutingan ota-onalarga har oylik to‘lovlar to‘lash hamda bolalarni kiyim-bosh va poyabzal bilan ta’minlash xarajatlari 2025 yildan Ijtimoiy himoya milliy agentligiga respublika budjetidan ajratilgan mablag‘lar hisobidan amalga oshiriladi.
2025 yil 1 fevraldan tuman (shahar) hokimliklari huzuridagi yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar masalalari bo‘yicha vasiylik va homiylik bo‘yicha komissiyalar faoliyati tugatiladi.










