Rossiya prezidenti Vladimir Putin noqonuniy migrantlarning Rossiya bölişini tartibga soliş böyiça vaqtinçalik çora-tadbirlar töğrisidagi farmonni imzoladi.
Hujjatga köra, Rossiyada noqonuniy bölib turgan migrantlar 2025 yil 30 aprelga qadar mamlakatni mustaqil ravişda tark etişi yoki holatini qonuniylaştirişi kerak.
Farmonda belgilanişiça, öz holatini qonuniylaştirmoqçi bölgan migrantlarga quyidagi talablar qöyiladi:
- şaxsiy biometrik ma’lumotlarini topşiriş yoki şaxsiy biometrik ma’lumotlar asosida identifikatsiyadan ötiş;
- narkotik yoki psixotrop moddalarni iste’mol qilmaganini, OITS yoki tegişli röyxatdagi boşqa yuqumli kasalliklarga çalinmaganini tasdiqlaş uçun tibbiy körikdan ötiş;
- rus tili, Rossiya tarixi va qonunçiligi böyiça imtihon topşiriş;
- majburiy tölovlar böyiça qarzni öz ixtiyori bilan tölaş;
- patent, mehnat qiliş, vaqtinça yaşaş uçun ruxsatnoma, öqiş yoki yaşaş uçun ruxsatnoma berişni rad qiliş uçun asos yöqligi va boşqa talablar.
Qonun 2025 yil 1 yanvardan kuçga kiradi.
2024 yilda Rossiyada migratsiya siyosatini kuçaytiruvçi bir qança qonunlar qabul qilindi. Ulardan biriga köra, 2025 yil 5 fevraldan mamlakatda deportatsiya uçun migratsiya rejimi joriy etiladi. Içki işlar vazirligi sud qarorisiz noqonuniy migrantlarni çiqarib yuboriş huquqiga ega böladi.












