2025 yilda yangi avlod dunyoga keladi va 2039 yilgaça tuğilgan barça bolalar «Beta avlodi» deb nomlanadi. Ular texnologiya bilan ajoyib integratsiyalarni va ulkan madaniy özgarişlarni köradilar. Bu haqda sotsiolog va futurolog Mark MakKrindl xabar berdi. U «Alfa avlodi» (2010 va 2024 yillar oraliğida tuğilgan odamlarning ijtimoiy ongli, texnologiyani yaxşi biladigan avlodi) atamasini öylab topgan olim hisoblanadi.

Avlodlarni tahlil qilişning uşbu uslubi odamlarni tuğilgan yiliga qarab guruhlarga ajratadi. Bu esa ularning munosabati va xatti-harakatlarini şakllantiradigan madaniy, texnologik va ijtimoiy ta’sirlarni tuşuniş uçun xizmat qiladi. Odatda, har bir avlod davri taxminan 15 yil davom etadi va dunyodagi sezilarli özgarişlarni, odamlarning umumiy qadriyatlarini aks ettiradi.

Yangi «Beta» avlod «Millenniallar» (1980-1994 yillarda tuğilgan) va Z avlodi (1995-2009 yillarda tuğilgan) farzandlaridir. Bu ikkala avlod ham tobora köproq texnologiyaga boyigan dunyosi bilan ajralib turgan - bu tendensiya yil sayin kuçayib boraveradi.

«Alfa avlodi» aqlli texnologiyalar va sun’iy intellekt (SI) ta’sirida şakllangan bölsa-da, «Beta avlodi» SI va avtomatlaştiriş jarayonlari kundalik hayotga töliq integratsiyalaşgan dunyoda yaşaydi. Şunday qilib, ularning raqamli va fizik dunyoni idrok etişi deyarli bir-biridan ajralmas böladi.

«Ular [Beta avlodi] kundalik hayotning standart jihatlari sifatida keng kölamli avtonom transport vositalari, taqiladigan soğliqni saqlaş texnologiyalari va ajoyib virtual muhitlar bilan taniş birinçi avlod bölişi mumkin. Ularning şakllaniş yillari şaxsiylaştirişga köproq e’tibor qaratilişi bilan ajralib turadi – SI algoritmlari ularning ta’lim oliş, xarid qiliş va ijtimoiy özaro ta’sirlarini bugungi kunda biz tasavvur qila boşlagan usullarga moslaştiradi», dedi Mark MakKrindl.

Boşqa tomondan, «Beta avlodi»ga Internetning ayrim jihatlariga nisbatan ösib borayotgan şubhalar ham ta’sir qiladi. Ular ijtimoiy tarmoqlarda «katta bölgan», lekin ularning salbiy ta’sirini yaxşi tuşungan ota-onalar tomonidan tarbiyalangan birinçi avlod böladi.

«Z avlodi (1995-2009 yillarda tuğilganlar) ota-onalari farzandlarining ekran oldida ötiriş va işlaş vaqtini çeklaş özlari uçun ustuvor ahamiyatga ega ekanligini köproq tuşunişadi (Z avlod ota-onalarining 36 foizi, «Millenial» ota-onalarning 30 foizi). Z avlod ekrandan foydalaniş vaqtining afzalliklarini köradi, biroq uning salbiy tomonlarini ham birdek köradi hamda bolalarning undan foydalanişiga qarşi böladi», deb qöşimça qildi Makkrindl.