Aksariyat rossiyaliklar narxlar, uy-joy kommunal xizmat körsatiş tariflari, QQS va utilizatsiya yiğimi ösişini 2025 yilning eng muhim voqeasi deb hisoblaydi. Bu haqda 23 dekabr kuni e’lon qilingan «Levada-sentr» sörovnomasi ma’lum qildi.
Söralganlarning 34 foizi narxlar, soliqlar va yiğimlarning oşişini asosiy voqea deb atadi. Ikkinçi örinda - Vladimir Putin va Donald Trampning Alyaskadagi sammiti (29 foiz), uçinçi örinda - Ukraina dronlarining Rossiya şaharlari va korxonalariga hujumlari (28 foiz).
Törtinçi örinda - internet va Telegram va WhatsApp kabi messenjerlar bilan boğliq muammolar (25 foiz). Beşinçi örinda - Ukraina Qurolli kuçlarining Kursk viloyati va Suja şahridan siqib çiqarilişi (23 foiz).
Ukrainadagi uruşning özi 17 foiz bilan atigi sakkizinçi örinda qoldi. Sörovnomada u «maxsus harbiy operatsiyaning davomi» deb atalgan. Oltinçi örinni (19 foiz) Ukraina bilan harbiy asirlar almaşinuvi egalladi.
Söralganlarning aksariyati (63 foiz) yakunlanayotgan 2025 yilni «örtaça» deb ta’riflagan. Faqat 22 foizi yaxşi, 15 foizi yomon degan. Yilning eng köp ijobiy baholari 18-24 va 25-39 yoş guruhlari orasida.
Vladimir Putin siyosatini ma’qullaydiganlar orasida yilni respondentlarning 22 foizi yaxşi, 9 foizi yomon deb atadi.
Sörov 11-19 dekabr kunlari Rossiyaning 50 ta mintaqasida 1618 kişi örtasida ötkazildi.

















