Xitoyning BYD Co avtomobil işlab çiqaruvçisi 2024 yilni rekord darajadagi savdolar bilan yakunladi — kompaniya umumiy yölovçi transport vositalari işlab çiqariş hajmini 4,25 million donaga yetkazdi.

Qayd etilişiça, dekabr oyida BYD 509 mingdan ziyod gibrid va elektromobil sotiş orqali yangi rekordni örnatgan. Bu kompaniyaga yillik avtomobillar savdosi hajmini 1,76 millionga yetkazişga yordam bergan. Umumiy hisobda bir yil davomida savdolar hajmi undan oldingi yilga nisbatan 41 foizga oşgan.

BYD savdolari hajmining oşişi Xitoy içki bozorida talab ortgani, şuningdek, ikkinçi yarim yillikda davlat subsidiyalarining oşgani bilan izohlanmoqda. Bundan taşqari, kompaniya xaridorlarga qöşimça imtiyozlarni ham taklif qilmoqda, bu ham savdolar hajmining oşişiga xizmat qilgan.

Tesla esa hozirça elektromobillar savdosi böyiça yetakçi. Yillik savdolar ösişi prognoziga erişiş uçun Tesla 2024 yilning oxirgi uç oyida 515 ming dona elektromobil sotişi kerak edi. Tahlilçilar 510 ming 400 ta elektromobil sotilişini prognoz qilgan, bu Tesla kutilmalaridan pastroq. BYD savdolari hajmining ösişi kompaniyaga dunyoning eng yaxşi avtomobil işlab çiqaruvçilari orasidan mustahkam örin egallaşiga yordam beradi. Umumiy savdolar hajmi oşgani esa uni yillik savdolar böyiça Ford hamda Hondaʼni ortda qoldirişga yaqinlaştiradi.

Avvalroq Braziliya hukumati Xitoyning elektromobil işlab çiqaruvçi gigant kompaniyasi — BYD zavodi qurilişini töxtatgan edi. Bunga işçilar “qullardek” yaşayotgani sabab bölgan.