Germaniya aeroportlari faoliyati Federal politsiya kompyuter tizimida kuzatilgan nosozlikdan jabr körmoqda. Bu haqda Bild gazetasi öz manbalariga tayanib xabar berdi.

Gap mamlakatga kiruvçi yölovçilarni tekşirişda foydalaniladigan tizimlar haqida ketmoqda. Politsiyaning Frankfurt aeroportidagi vakilining aytişiça, «tizim amalga oşirgan köplab işlarni qölda qilişga töğri kelgan». Nosozilik sababi hozirça ma’lum emas.

WDR ma’lumotlariga köra, muammo Dyusseldorf, Kyoln/Bonn va Dortmund, şuningdek, Frankfurt aeroportlarida kuzatilmoqda. Şu bilan birga, faqat Frankfurt aerportida muqobil tizimdan foydalaniş mumkin, Dyusseldorfda esa uçib kelgan yölovçilar hozirça samolyotda qolmoqda.

Ta’kidlanişiça, politsiya va texnik mutaxassislar muammoni bartaraf etiş ustida iş olib bormoqda. Nosozlik sababi yaqin vaqtlar içida aniqlanişi aytilgan, ammo tizim faoliyati qaçon qayta tiklanişi noma’lum.