Maktabgaça ta’lim taşkiloti direktori örinbosariga ta’lim sifatini ta’minlaş, pedagog xodimlarning uzluksiz kasbiy rivojlanişini ta’minlaş, ta’lim-tarbiya jarayoniga innovatsiyalar, ilğor pedagogik va raqamli texnologiyalarni keng joriy etiş vazifalari yuklatiladi.

Davlat MTTda xodimlar iş haqini, oziq-ovqat xarajatlari, ota-onalarga aliment böyiça tölovlar va boşqa tölovlarni biometrik identifikatsiya texnologiyasidan foydalangan holda avtomatik hisoblaş joriy etiladi.

Böş iş örinlarini hisobga oliş, bolalarni navbatga qöyiş va MTTga joylaştiriş uçun yöllanmalarni şakllantiriş Maktabgaça va maktab ta’limi vazirligining "Bolalar boğçasi" maktabgaça ta’limni boşqariş axborot tizimida amalga oşiriladi.

2025 yil 1 fevraldan Toşkent şahrida pilot sinovi tariqasida, 2025 yil 1 iyuldan esa barça davlat MTTda "Bolalar boğçasi" axborot tizimi orqali xodimlar va tarbiyalanuvçilarning elektron davomati, iş vaqti, tarbiyalanuvçilarning oziq-ovqat xarajatlarini hisobga oliş joriy etiladi.

"Bolalar boğçasi" axborot tizimiga xizmat körsatiş, uni qöllab-quvvatlaş va takomillaştirişni UZINFOCOM MÇJ tizim operatori amalga oşiradi, bunda körsatilgan xizmatlar uçun ota-onalar badalining 2 foizi yönaltiriladi.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi 2025 yildan boşlab xodimlar va bolalarning davomatini şaxsni biometrik identifikatsiya qiliş texnologiyasi orqali nazoratga olişni yölga qöyiş uçun bolalar boğçalarini planşetlar va boşqa uskunalar bilan ta’minlaş uçun davlat budjetidan kamida 50 mlrd söm ajratadi.

2025 yil 1 iyuldan fiskal belgili kassa çeki berilmasdan ota-onalar tölovlarini qabul qiliş taqiqlanadi. Ota-onalar tölovlarining tuşumi töğrisidagi ma’lumotlar soliq organlarining axborot tizimiga avtomatik tarzda uzatiladi va qonun hujjatlariga muvofiq daromad soliğidan ozod qilişni qöllaş uçun asos bölib xizmat qiladi.