Uçraşuvda Özbekiston tomonidan Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi (ITIM), Markaziy Osiyo xalqaro instituti (MOXI), davlatimiz rahbari huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti (SMTI), TIV huzuridagi Taşqi siyosiy tadqiqotlar va xalqaro taşabbuslar markazi kabi mamlakatning yetakçi tahliliy muassasalari vakillari iştirok etişdi.
Uçraşuv davomida tomonlar Markaziy Osiyo taraqqiyotining zamonaviy dinamikasi, mintaqaning taşqi dunyo bilan aloqalari, şuningdek, "Markaziy Osiyo va Yevropa Ittifoqi" formatidagi mintaqalararo munosabatlarni rivojlantiriş istiqbollarini muhokama qildilar.
Xususan, MOXI direktori Javlon Vahobov Markaziy Osiyo dunyoning yetakçi davlatlari uçun muhim mintaqaga aylanganini ta’kidladi. Bugungi kunda mintaqa 10 dan ortiq "Markaziy Osiyo+" formatlarida faol iştirok etib, 40 ga yaqin mamlakat va ikkita mintaqaviy taşkilot bilan hamkorlik qilayotgani qayd etildi.

Öz navbatida, boş direktor Pol de Vitt Markaziy Osiyoning jadal rivojlanişi va uning global maydonda mustaqil aktorga aylanişi şaroitida Yevropa Ittifoqi mazkur mintaqa bilan ham ikki tomonlama, ham köp tomonlama munosabatlarni rivojlantiriş zarurligini qöşimça qildi.
Uçraşuv yakunida tomonlar Özbekiston va Yevropa tahliliy tuzilmalari örtasida aloqalarni yölga qöyiş va ikki tomonlama hamkorlikning turli jihatlarini muhokama qiliş uçun muloqotni davom ettiriş muhimligini ta’kidladilar.












