AQŞ saylangan prezidenti Donald Trampning yordamçilari barça mamlakatlarga taalluqli, faqat muhim importni qamrab oladigan tarif rejalarini örganmoqda. Bu haqda 6 yanvar, duşanba kuni The Washington Post (WP) xabar berdi.

Uning ma’lumotlariga köra, agar amalga oşirilsa, bu respublikaçi ilgari aytgan saylovoldi va’dalaridan çetga çiqiş böladi — saylovoldi taşviqoti çoğida u Qöşma Ştatlarga import qilinadigan barça mahsulotlar uçun 10-20 foizlik «universal» bojlar haqida gapirgandi.

Biroq, bu şaklda ham çora-tadbirlar tom ma’noda «jahon savdosiga jiddiy ta’sir körsatadi va AQŞ iqtisodiyoti va iste’molçilari uçun jiddiy oqibatlarga olib keladi», deb ta’kidladi naşr.

Trampning partiyadoşlari Grenlandiya böyiça ğoyaga şubha bilan qarayapti

Respublikaçilar partiyasidan senatorlar va Vakillar palatasi a’zolari AQŞ saylangan prezidenti Donald Trampning Daniyaga tegişli Grenlandiya va Panama Respublikasi yurisdiksiyasi ostidagi Panama kanalini öz nazoratiga oliş istagi haqidagi bayonotlariga şubha bilan munosabatda bölişdi. Bu haqda 5 yanvar kuni Amerikaning The Hill naşri xabar berdi.

Naşr manbalariga köra, Tramp 2021 yilda Oq uyni tark etganidan beri bu ğoyalar Vaşingtonda jiddiy muhokama qilinmagan.

Vakillar palatasi taşqi işlar qömitasining sobiq raisi Maykl Makkol (Texas ştatidan respublikaçi) qonun çiqaruvçilar Tramp öz prezidentligining boşidayoq Kapitoliy tepaligida xavotir uyğotayotgan yirik taşqi siyosiy taşabbuslarni e’lon qilişiga tayyor bölişlari kerakligini aytdi.

Bir qator respublikaçi qonun çiqaruvçilar Trampning sözlarini kelajakda diplomatiyani mustahkamlaşi mumkin bölgan «muzokara» pozitsiyasi sifatida körişlarini aytişdi.