Finlandiya politsiyasi 2024 yil oxirida Fin körfazining tubidan suvosti elektr kabellari, jumladan Estlink 2'ni uzib yuborgan langarni topdi. Bu haqda 7 yanvar, seşanba kuni Finlandiya politsiyasi saytida çop etilgan press-relizda aytiladi.
Huquq-tartibot idoralari xodimlarining fikriça, langar Eagle S kemasiga tegişli bölib, u avvalroq kabelga şikast yetkazganlikda gumon qilinib qölga olingan. Finlandiya qurolli kuçlari, şuningdek, Şvetsiya harbiy-dengiz kuçlari huquq-tartibot idoralari xodimlariga langarni pastdan kötarişda yordam berişdi. Yuk kötaruvçi kran Şvetsiyaning Belos qutqaruv kemasi bortida bölgan.
«Langar topilgan joy Eagle S marşrutida, Porkkala yarimoroli sathida joylaşgan. Langar dengiz tubida yotgan», dedi finlandiyalik tergovçi Risto Lohi.
Reuters ta’kidlaganidek, qölga olinganidan keyingi Eagle S fotosuratlari uning çap bort tomonidagi langarini yöqotganini va faqat öng tomonidagi langar bilan uşlab turilganini aniq körsatib turibdi.
Ğarb kabellar uzilişining oldini oliş uçun sun’iy intellektdan foydalanadi
Buyuk Britaniya boşçiligidagi qöşma ekspeditsiya kuçlari (Joint Expeditionary Force, JEF) Boltiq dengizidagi yirik Estlink2 suvosti kabeliga zarar yetkazilgani haqidagi xabarlardan söng dengizosti infratuzilmasiga potensial tahdidlarni va Rossiyaning soyadagi flotini kuzatiş uçun ilğor javob tizimini faollaştirdi. Bu haqda 6 yanvar kuni Britaniya hukumati ma’lum qildi.
JEF 10 ta davlatdan iborat.
Nordic Warden operatsiyasi ötgan hafta boşlangan edi. Uning a’zolari sun’iy intellektdan turli manbalardan olingan ma’lumotlarni, jumladan, kemalarni avtomatik identifikatsiya qiliş tizimi (AIS) va xavflarni baholaş uçun foydalanadilar. JEF harakatlari NATOning sa’y-harakatlarini kuçaytiradi.
Rossiyaning soyadagi floti bir qismi sifatida aniqlangan kemalar JEF a’zolarini qiziqtirgan hududlarga yaqinlaşganda ularning harakatlarini diqqat bilan kuzatib boriş uçun tizimga kiritilgan. Agar xavf mavjud bölsa, tizim real vaqt rejimida kuzatib boradi va darhol JEF'ga a’zo mamlakatlarga, şuningdek, NATO ittifoqçilariga ogohlantiriş yuboradi.
«Hukumat bizning ittifoqçilarimiz bilan suvosti kabellari kabi muhim milliy infratuzilmani himoya qiliş uçun yaqindan işlayapti», dedi Britaniya boş vaziri Kir Starmer. «Yevropa xavfsizligini mustahkamlaş uçun JEF sammitidan söng tez orada uşbu ilğor texnologiyani işga tuşirayotganimizdan xursandman», — deya qöşimça qildi u.












