Isroil mudofaa kuçlari (TSAHAL) Ğazo sektorida 2023 yil 7 oktyabr kuni Falastinning Hamas guruhi tomonidan Isroilga hujum paytida garovga olingan şaxsning jasadini topdi, deb xabar berdi Isroil harbiylari özining Telegram-kanalida 8 yanvar, çorşanba kuni.
TSAHAL ma’lumotlariga köra, Yusuf az-Ziyodnning jasadi Ğazo sektori janubida Rafah şahri yaqinidagi tunneldan topilgan. Uning öldirilgani taxmin qilinmoqda. Şuningdek, uning öğli Hamza az-Ziyodnning tirikligi haqida savol tuğdiruvçi material aniqlangani xabar qilingan.
Ayni paytda Isroilning qator ommaviy axborot vositalari, şuningdek, Isroil taşqi işlar vaziri Isroil Kats Hamza az-Ziyodning ham jasadi topilganini yozmoqda. TSAHAL rasmiy bayonotida bu haqda aytilmagan.
Hamas jangçilari Isroilga hujumi çoğida az-Ziyodlar oilasining tört a’zosini garovga oldi. Ulardan ikki nafari – Yusufning öğli va qizi ozodlikka çiqqan. Oila badaviylar jamoatiga tegişli.
Ğazo sektorida qolgan garovga olinganlar soni – agar Hamza az-Ziyodning ölimi tasdiqlansa – 99 kişi böladi. Ulardan qançasi tirikligi noma’lum. Qatar va Misr vositaçiligida öt oçişni töxtatiş va garovga olinganlarni ozod qiliş böyiça muzokaralar davom etmoqda.
BAA Isroil va AQŞ bilan Ğazo sektoridagi boşqaruvni muhokama qildi
Birlaşgan Arab Amirliklari (BAA) Isroil va Qöşma Ştatlar bilan Isroil qöşinlari olib çiqib ketilganidan keyin va Falastin milliy ma’muriyati töliq nazoratni öz qöliga olmagunça, Ğazo sektorini vaqtinçalik boşqarişda iştirok etiş masalasini muhokama qildi. Bu haqda 7 yanvar kuni önlab xorijiy diplomatlar va Ğarb rasmiylariga tayanib, Reuters xabar berdi.
BAA AQŞning xavfsizlik böyiça yaqin hamkori bölib, Isroil bilan diplomatik aloqalarni davom ettirib, boş vazir Binyamin Netanyahu hukumatiga ma’lum darajada ta’sir körsatadi, deya ta’kidladi agentlik.
Uning manbalariga köra, parda ortidagi muzokaralar davomida Abu-Dabidagi siyosatçilar mustaqil Falastin davlati doirasida Ğazo sektori, Ğarbiy Sohil va Şarqiy Quddus ustidan doimiy nazoratni ta’minlaş uçun Falastin milliy ma’muriyatini isloh qiliş tarafdori bölgan.
«BAA Falastin ma’muriyatini jiddiy isloh qiliş, uning vakolatlarini kengaytiriş va Falastin davlatini yaratiş böyiça işonçli yöl xaritasini işlab çiqişni öz içiga olmagan heç qanday rejada iştirok etmaydi», dedi Birlaşgan Arab Amirliklari vakili. Uning fikriça, bu elementlar hozir yöq, lekin u Ğazodagi janglar tugaganidan keyin har qanday rejaning muvaffaqiyati uçun zarur.













