Nizom qişloq xöjaligiga möljallangan yerlardan (şu jumladan, yaylovlardan) oqilona foydalaniş tartibini belgilaydi.
U quyidagilarni nazarda tutadi:
- tuproq unumdorligini saqlaş va oşiriş, almaşlab ekişni suvdan foydalaniş manbalarini hisobga olgan holda taşkil etiş orqali qişloq xöjaligiga möljallangan yerlardan oqilona foydalaniş;
- tuproq unumdorligini saqlaş va oşiriş, suvdan foydalaniş manbalarini hisobga olgan holda yaylovlar almaşinişini yölga qöyiş orqali yaylovlardan oqilona foydalaniş;
- qişloq xöjaligiga möljallangan yerlardan oqilona foydalaniş holatini baholaş va uning natijasi böyiça xulosani şakllantiriş.
Yaylovlardan oqilona foydalaniş quyidagi tadbirlarni öz içiga oladi:
- yaylovlar almaşinişi va suvdan foydalaniş manbalarini hisobga olgan holda yaylovlardan foydalaniş;
- yaylovlarda çorva mollarini ötlatişda eng köp yöl qöyiladigan foydalaniş normalarini belgilaş, yaylovlar almaşinişini ta’minlaş va yuritiş tartibi töğrisida nizomga muvofiq umumiy yaylov maydoni böyiça aniqlangan eng köp yöl qöyiladigan foydalaniş me’yorini ta’minlaş;
- yaylovlar almaşinişi rejasiga muvofiq yaylovlardan foydalaniş;
- yaylovlarning qişloq xöjaligida foydalanişdan çiqib ketişining oldini oliş böyiça tadbirlarni amalga oşiriş, şu jumladan, yerlarni begona ötlar va butasimon daraxtlar qoplaşiga hamda maişiy va işlab çiqariş çiqindilari bilan ifloslanişiga yöl qöymaslik.












