Prezidentning “O‘zbekiston–2030 strategiyasini Atrof-muhitni asrash va yashil iqtisodiyot yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi farmoni jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi (A.Xudoyorov, E.Odilov) 2025 yil 1 iyulga qadar tibbiyot va farmatsevtika xodimlari faoliyatini bosqichma-bosqich davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tizimini aniq mexanizmlarni nazarda tutgan holda joriy etish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini kiritadi.
Raqamli texnologiyalar vazirligi (Sh.Shermatov) Sog‘liqni saqlash vazirligi (A.Xudoyorov, E.Odilov) bilan birgalikda 2025 yil 1 noyabrga qadar tibbiy sug‘urta mexanizmlari joriy qilinayotgan hududlarda retsept asosida beriladigan dori vositalarini “elektron retsept” tizimi asosida tayinlash amaliyotini yo‘lga qo‘yadi.















