Kaliforniya janubining kattagina qismi, jumladan 13 million aholi yaşovçi Los-Anjyeles aglomeratsiyasi 7 yanvardan buyon yonğinlar içida qoldi. Hozirga qadar 16 nafar qurbon haqida ma’lum, evakuatsiya zonasi 180 ming kişini qamrab olgan, 12 mingdan ortiq uy vayron bölgan. Bir qança nufuzli mahallalar, jumladan qator taniqli şaxslarning uylari yonib ketgan. Olov Hollivud tepaliklariga qadar yetib borib Los-Anjyelesning asosiy diqqatga sazovor maskanlari — Hollywood belgisi, Sanset va Şon-şuhrat xiyoboni bulvarlariga tahdid solmoqda. Kaliforniyadagi yonğinlar — kamyob hodisa emas, ammo köp yillardan buyon bu qadar vayronkor bölmagandi. Bir neça omil bir vaqtga töğri kelişi — «ideal böron»ga sabab bölgan.
Qurğoqçilik
Umuman olganda, Kaliforniyada yanvar oyi yomğirlar mavsumi hisoblanadi. Ammo bu yerga 2024 yil bahoridan buyon yomğir tuşmagan.
Odatiy mavsumiylikning buzilişi — iqlim özgarişi oqibatidir, deyiladi amerikalik iqlimşunoslar guruhining 9 yanvar kuni nufuzli Nature ilmiy jurnalida çiqqan maqolasida. Kaliforniyada sönggi ön yillikda buyon quruq ob-havo hukm surmoqda. 2022 va 2023 yillarda esa juda köp yomğir yoğgan. Bu esa öt-ölan, butalar va daraxtlar gurkirab ösişiga yöl oçgan. Keyin esa 2024 yil quruq keçdi — barça ösimliklar tezlik bilan qurib qolgan va yonğinlar uçun ideal yonilğiga aylangan.
Şamol
2025 yil yanvarida alohida tabiat hodisasi — Santa-Ana şamoli esdi. Bu katabatik yoki qulovçi şamol deb ataladi: u qit’a içkarisidagi baland toğlardan vodiy tomon tuşib keladi va issiq quruq havo bilan birgalikda sahro çanglarini ham özi bilan olib yuradi.
Santa-Ana şamoli dekabr va yanvar oylarida esişi — örmon yonğinlarini qözğatişi kabi kamdan kam uçraydigan holatdir. Bu safar u ayniqsa kuçli bölib çiqdi — ayrim joylarda soniyasiga 45 metr tezlikda harakatlandi (bu Amerika Milliy böronlar markazi tasnifiga köra, beş toifadagi dovullarning ikkinçisiga töğri keladi).
Şamol hamon tingani yöq va bu yonğin öçoqlarini jilovlaşni sezilarli darajada murakkablaştirmoqda.
Öt öçiriş xizmatining muvaffaqiyatsizligi
Los-Anjyeles öt öçiruvçilari favqulodda vaziyatga tayyor bölmagani siyosiy spekulyatsiya mavzusiga ham aylandi. Şunçalikki, AQŞning saylangan prezidenti Donald Tramp röy bergan hodisalarda işçilar kollektivida ijtimoiy xilma-xillikni ta’minlaşga qaratilgan kadrlar siyosatini aybladi. Uning fikriça, göyoki eng malakali odamlar örniga ular kvota böyiça turli irqiy, jinsiy va gender mansublik böyiça yollaşgan — yakunda işlaydigan odam topilmagan.












