Özbekistonliklar import qilayotgan har törtta avtomobilning uçtasi bojxona omborlarida qolib ketayotgan bölişi mumkin. Bu avtomaşina muvofiqligini baholaş böyiça yangi talablarning joriy qilingani va yagona laboratoriyaning quvvati real talabni mutlaqo qondira olmayotgani fonida yuz beryapti. Buning ortidan uzoq muddatli elektron navbatlar paydo böla boşladi.

Özbekistonga öz ehtiyoji uçun avtomobil olib kirayotgan har bir şaxs transport vositasini 16 ta majburiy körsatkiç böyiça sinovdan ötkazişi va sertifikat olişi şart. Bu 2024 yilning 1 noyabridan boşlab joriy qilingan majburiy talab. Rasmiylar buni ekologik va texnologik xavfsizlikni ta’minlaşga qaratilgan çora deya xaspöşlaşayotgan bölsa-da, mavjud vaziyat qator jiddiy muammolarni yuzaga keltira boşladi.

Birinçidan, yagona laboratoriyaning quvvati real talabni mutlaqo qondira olmaydi. Mas’ullarning Kun.uz’ga ma’lum qilişiça, bitta maşinani sinovdan ötkaziş 30-35 daqiqa vaqt oladi. Bundan kelib çiqilsa, 24 soat işlayotgan markaz kuniga 50 tagaça, yiliga esa 18 mingdan ortiq avtomobilni sinovdan ötkaza oladi. Bu – import maşinalarga ötgan yili berilgan sertifikatlar soni (74 525 dona), ya’ni mavjud talabdan 4 barobarga kam. Natijada uzoq muddatli elektron navbatlar paydo böla boşladi. Kamiga muvofiqlik sertifikati beradigan ayrim tekşiriş laboratoriyalari noma’lum sabablarga köra, vaqtinça yopilgani haqidagi xabarlar ham çiqdi.

Ikkinçidan, butun mamlakatda faqat bitta laboratoriya mavjud bölib, u ham Piskentda joylaşgan. Hududlardagi tadbirkorlar va jismoniy şaxslar import avtomobilni bojxona omboridan evakuator yoki tirkama orqali bu yerga olib kelişi va yana öşa yerga qaytarib olib borişi şart. Farqi yöq, xaridor Andijondan böladimi yoki Xorazmdan. Sezib turganingizdek, bu katta xarajat va yaxşigina ovoragarçilik. Agar elektron navbat oliş muddati çözilib ketadigan bölsa, bojxona omborida turgan avtomobil uçun ham kunlik tölov qiliş kerak, bu yana bitta qöşimça xarajat. Rasmiylar hududlarda ham qöşimça laboratoriyalar oçiş rejasi borligini aytayotgan bölsa-da, yaqin yillarda bu işning amalga oşişi qiyin. Piskentdagi avtopoligon ham kredit mablağlari hisobiga qurilgan bölib (11,8 million dollar), tuşgan pul qarzlarni qaytarişga yönaltirilyapti.

Uçinçidan, mazkur çeklov narxlarni qimmatlaştirib, raqobat muhitiga yomon ta’sir qila boşladi. Masalan, soliq va qöşimça tölovlarni hisobga olmaganda, Özbekistonga import qilingan bitta elektromobilning örtaça narxi 9 ming 330 dollarni taşkil etgan. Şundan kelib çiqiladigan bölsa, içki bozorda 13-13,5 ming dollardan boşlab takliflar paydo bölişi kerak. Bir muddat şunday ham böldi. Ammo notarif çeklovlar fonida narxlar yanada qimmatlab ketdi. Masalan, muvofiqlik sertifikatini olişning örtaça narxi 3,5 baravar oşirilib, 9,1 million sömgaça yetkazilgandi. Keyinroq jiddiy noroziliklar sababli narxlar içki yonuv dvigatelli avtomobillar uçun 5,6 mln sömgaça va elektromobillar uçun 4,8 mln sömgaça pasaytirildi. Ammo 1-2 kunda tugallanadigan iş önlab kunlarga çözilib ketyapti.

Eslatib ötamiz, 2024 yildan boşlab turli xil notarif tösiqlar bilan yakka tartibda yoki xususiy tadbirkorlar tomonidan olib kirilayotgan elektromobillar importini çeklaşga qaratilgan qator qoidalar joriy qilindi. Yil boşida jismoniy şaxslar tomonidan tijorat maqsadlarida maşinalarni olib kirişni taqiqlaş va yangi xorijiy markalarni faqat rasmiy dilerlar orqali sotiş tartibini qaytariş rejalaştirilgan edi. Texnik tartibga soliş agentligi öşa loyiha tanqid tufayli töxtatilganini, ammo aprel oyida yana kun tartibiga qaytganini ma’lum qildi.

Bu voqealardan oldin, qançalik ğalati bölmasin, BYD kompaniyasi Özbekiston hukumatiga murojaat qilib, BYD avtomobillari Özbekistonga “tartibsiz” ravişda import qilinayotgani, olib kirilayotgan modellar mahalliy iqlim va yöl şaroitlariga mos emasligi, rasmiy kafolati ham yöqligini ta’kidlab, BYD brendi ostidagi elektromobil va gibrid avtomobillar importini çeklaşni söragani ma’lum bölgandi. Qator davlat idoralariga bu borada takliflar işlab çiqiş topşiriği berildi.