Iordaniyaning AirFarm kompaniyasi CES 2025 körgazmasida noyob şişiriladigan fermani namoyiş etdi. Unda sabzavotlarni minimal resurslar bilan östiriş uçun aeroponikadan foydalaniladi. Yangi yondaşuv suv sarfini 99 foizga kamaytiriş imkonini beradi, şu sababli loyiha quruq hududlar va sahrolar uçun ayni muddao.

Texnologiyaning asosini mikrotumanli aeropon tizimi taşkil etadi, bu tizim oziq moddalarni bevosita ösimlik ildizlariga yetkazib beradi. U gidroponika usullariga nisbatan suv sarfini 90 foizga, öğit sarfini 60 foizga kamaytiradi va pestitsidlar talab qilmaydi.

U yerda turli ekinlarni yetiştirişi mumkin — bargli kökatlardan kartoşka va sabzi kabi ildizmevalargaça. Mobil ilova bilan birlaştirilgan aqlli nazorat tizimi asosiy körsatkiçlarni real vaqt rejimida kuzatişga yordam beradi: pH darajasi, harorat, namlik va buğ bosimi. Natijada fermani yangi boşlaganlar uçun ham iş oson va qulay böladi.

AirFarm şişiriladigan modullari an’anaviy konteyner fermalaridan 75 foiz yengilroq bölib, ularni örnatişga atigi yarim kun ketadi. Ular taşişga qulay qilib işlangan: 10 ta şunday modul standart konteynerga siğadi, bu esa ularni olis hududlarga yetkazib berişni ança osonlaştiradi.

3 va 6 metrli ikki xil ölçamdagi modullar mavjud, ularni ta’lim maqsadlari, ilmiy tadqiqotlar yoki tijorat fermerçiligi uçun moslaştiriş mumkin. Masalan, Birlaşgan Arab Amirliklarida AirFarm allaqaçon maktab tuşliklariga sabzavot yetiştiriş uçun qöllanmoqda, Yaponiyada esa ta’lim loyihalarida foydalanilmoqda.

“Biz ösimliklar uçun muhitni maqbullaştiriş maqsadida nano-iqlim nazorati texnologiyasidan foydalanamiz, şuningdek, çiqindilarni quritiş uçun issiqlikni töplaymiz. Maqsadimiz çiqindisiz ferma yaratiş”, — dedi AirFarm boşqaruvçisi Jyenna Kim.

Konstruksiyaning samaradorligi suv tanqisligi mavjud hududlarda oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlaş imkoniyatini beradi. “Kam energiya sarflaydigan, ammo yuqori unumdorlikka ega tizim yaratişga intilyapmiz”, — deb ta’kidladi Kim.

Kompaniya rejasiga köra, yil oxirigaça loyihani kengaytiriş va Yaqin Şarqdagi yirik agronomlar uçun bir neçta vertikal köp qavatli fermalar quriş közda tutilgan.