Samarqandda 10 dan ziyod kishi qo‘lbola spirtdan zaharlanib vafot etgani aytilmoqda
Ular mahalladagi do‘konlardan birida yashirincha sotilgan spirtdan iste’mol qilgan bo‘lishi mumkin.

Foto: Kun.uz
Samarqand shahrining Kimyogarlar qo‘rg‘onida 17 kishi qo‘lbola spirt iste’mol qilib vafot etgani taxmin qilinmoqda. Xususan, Nurafshon mahallasida so‘nggi 4 kun ichida 7 kishi o‘lgan. Bu haqda mahalla raisi Kun.uz muxbiri bilan suhbatda ma’lum qildi.
Guvohlar ular mahalladagi do‘konlarlardan birida yashirincha sotilgan spirtni «baklashka»da xarid qilishganini aytishmoqda.
Umuman, Samarqand shahrining beshta mahallasi va unga yondosh bo‘lgan Past Darg‘om tumanining Nayman mahallasida 9—12 yanvar kunlari vafot etgan jami 17 kishi metil spirtdan zaharlangan bo‘lishi mumkin.
O‘lganlarning barchasi 45-65 yosh orasidagi va spirtli ichimliklarga ruju qo‘ygan odamlar bo‘lgan. Ularning faqat bir nafari ayol kishi va qolgan barchasi erkak.
Holat bo‘yicha Jinoyat kodeksining 186-moddasi ( Xavfsizlik talablariga javob bermaydigan tovarlarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab ishlab chiqarish, saqlash, tashish yoxud o‘tkazish, ishlar bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatish) 4-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda 75 va 57 yoshli ikki fuqaro gumonlanuvchi sifatida tergovga jalb qilingan.
Ayni paytda viloyat huquq tartibot organlari tomonidan ekspertiza va tergov tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Bosh prokuratura 13 yanvar kuni mazkur zaharlanish holati bo‘yicha rasmiy bayonot berib, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra 5 kishi vafot etgani haqida xabar bergandi.
Mavzuga oid

16:05
Samarqandda yo‘lovchi avtobusi ag‘darilib ketdi

11:23 / 09.02.2025
Samarqanddagi chiqindixonada chala tug‘ilgan chaqaloq o‘ligi topildi

10:22 / 06.02.2025
Samarqand noni geografik ko‘rsatkich sifatida ro‘yxatga olindi

09:25 / 05.02.2025