Quriliş vazirligi Çilonzor tumanidagi «Beşyoğoç» dehqon bozori örnida yirik biznes markazi qurilişi haqidagi xabarlarni rad etdi.
«Endi Toşkent şahrida amalga oşiriladigan barça qurilişlarga tasdiqlangan Boş rejaga muvofiq ruxsat beriladi. Poytaxt Boş rejasiga köra, uşbu renovatsiya hududida 9 qavatgaça bino qurilişi belgilangan. Hozirda mazkur hududda yirik biznes markazining qurilişiga oid ruxsatnoma yoki arxitektura rejalaştiriş topşiriği mavjud emas», deyiladi raddiyada.
Avvalroq, Çilonzor tumani hokimligi Turkiyaning Albayrak Holding kompaniyasi bilan uşbu masalada muzokara ötkazilgani haqida xabar bergandi. Xabarga turkiyaliklar tomonidan taqdim etilgan, törtta osmonöpar bino eks etgan loyiha surati ham ilova qilingan edi. Xabar ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab bölgaç, tuman hokimligi Albayrak'ning taklifi hozirça faqat muhokama bosqiçida ekanini bildirdi.

Toşkent şahrining Beşyoğoç bozori hududi Furqat va Beşyoğoç köçalari çorrahasida joylaşgan tarixiy ansamblga tutaş. Bozor atrofida 1930 yillarda qurilgan turar joy binolari joylaşgan.
Eslatib ötamiz, poytaxtning uzoq kutilgan boş rejasi Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 24 dekabr kungi qarori bilan tasdiqlandi.













