Hujjat bilan quyidagilarga özgartiriş va qöşimçalar kiritilmoqda:
- Vazirlar Mahkamasining «Qişloq xöjaligiga möljallangan yer uçastkalarini ijaraga beriş tartibiga doir normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlaş töğrisida»gi qaroriga;
- Qişloq xöjaligiga möljallangan va örmon fondi yerlarining yer fondi toifalarini özgartiriş masalalarini körib çiqiş böyiça Hukumat komissiyasi töğrisidagi nizom;
- Yer resurslarining holati böyiça milliy hisobotni yuritiş tartibi töğrisidagi nizom.
Özgartiriş va qöşimçalar bilan:
- yangidan özlaştirilgan yerlar toifasiga (turiga) özgartiriş kiritiş muddatlari, mas’ullarning majburiyati va javobgarligi belgilanmoqda;
- qişloq xöjaligiga möljallangan va örmon fondi yerlarining yer fondi toifasini özgartiriş böyiça takliflarni örganişda vazirlik va idoralarning mas’uliyati va javobgarligi belgilanmoqda;
- qişloq xöjaligiga möljallangan yerlarni ijaraga beriş tartibi soddalaştirilmoqda.
Xususan, qişloq xöjaligiga möljallangan va örmon fondi yerlarining yer fondi toifasini özgartiriş böyiça takliflarni örganiş natijalari böyiça Suv xöjaligi vazirligi, Quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi vazirligi hamda Kadastr agentligining hududiy boşqarmalari rahbarlari hamda tuman (şahar) hokimligi mas’ullari iştirokida dalolatnoma rasmiylaştiriladi.
Dalolatnomada:
- yer fondi toifasini özgartiriş böyiça taklif qilingan yerlarning yer tuziş loyihasi işlab çiqilganligi;
- alohida qimmatga ega bölgan va tuproq unumdorligi tumanning örtaça ball bonitetidan yuqori bölgan suğoriladigan yerlar hamda örmon fondining örmon bilan qoplangan yerlari;
- yer uçastkasidan foydalaniş holati (foydalaniş uçun berilgan yoki zaxiraga olinganligi);
- yer uçastkasidagi mavjud davlat kadastri obektlari (gaz, aloqa va energetika obektlari, avtomobil yöllari va temiryöllar hamda boşqalar);
- yer uçastkasini boşqa toifaga ötkaziş hisobidan kutiladigan foyda, yaratiladigan iş örinlari va boşqa samaradorlik körsatkiçlari böyiça texnik-iqtisodiy asoslar;
- tuproq unumdorligining pasayişi, irrigatsiya va melioratsiya tizimining buzilişi bilan boğliq zararlar;
- qişloq xöjaligi va örmon xöjaligi işlab çiqarişi nobudgarçiligi miqdori;
- yer uçastkasi mulkdorlari, foydalanuvçilari va ijaraçilariga yetkaziladigan zararlar;












