«Özgidromet» 17–19 yanvar kunlariga Özbekiston böyiça ob-havo prognozini taqdim etdi.

Bugun va dam oliş kunlari Özbekiston hududi böylab beqaror ob-havo bölişi kutilmoqda. Respublikada vaqti-vaqti bilan yoğingarçilik bölib, şimolda yoğingarçilik qor şaklida, qolgan hududlarda asosan yomğir şaklida kuzatiladi, 18–19 yanvar kunlari ba’zi joylarda qor bilan yoğadi.

Farğona vodiysi hududlarida yoğingarçilik faqat 19 yanvarda kuzatiladi.

Juma kuni harorat kunduzi +8...+11 daraja, şanba va yakşanba kunlari keçasi 0...+5 daraja, kunduzi +2...+7 daraja böladi.

Keçasi va ertalab respublika böylab ba’zi joylarda tuman tuşişi mumkin.

Şamol şarqdan ğarbga özgarib turgan holda 7–10 metr/soniya tezlikda esadi, 18–19 yanvar kunlari ayrim joylarda 13–18 metr/soniyagaça kuçayadi.

Toşkent şahrida vaqti-vaqti bilan yomğir yoğadi, 18 yanvar kuni keçasi va 19 yanvarda vaqti-vaqti bilan yoğingarçilik (yomğir, qor) kuzatiladi. Keçasi va ertalab tuman tuşişi mumkin. Yengil örtaça tezlikdagi şamol böladi. Bugun havo harorati kunduzi +8...+10 daraja, şanba va yakşanba kunlari keçasi 0...+2, kunduzi +4...+7 daraja böladi.