Shimoliy Koreya harbiylari ilk bor Moskvada 9 may paradida qatnashadi
Rossiya «G‘alaba paradi»ga 19 «do‘st» davlatning harbiy qismlarini taklif qildi. "Meduza"ning yozishicha, Kreml paradga AQShdan yuqori martabali mulozim kelishini kutmoqda.

Foto: AFP
Shimoliy Koreya harbiylari 9 may kuni Moskvada SSSRning natsistlar Germaniyasi ustidan qozonilgan g‘alabasining 80 yilligiga bag‘ishlangan paradda ishtirok etadi. Bu haqda 16 yanvar, payshanba kuni Yaponiyaning NHK teleradiokompaniyasi manbalarga tayanib xabar berdi. Uning suhbatdoshlariga ko‘ra, KXDR harbiylarining ushbu paradda ishtirok etishi haqidagi qaror allaqachon qabul qilingan. Gap Shimoliy Koreyaning bir necha o‘nlab harbiy xizmatchilari haqida bormoqda. Bungacha KXDR harbiylari Rossiyadagi «G‘alaba paradi»da hech qachon qatnashmagan. Bundan tashqari, NHK boshqa manbalari xabar berishicha, Shimoliy Koreya harbiy orkestri avgust oyi oxirida Moskvadagi musiqiy tadbirda ishtirok etadi.
2024 yil 30 noyabr kuni Rossiya Mudofaa vazirligi matbuot xizmati Telegramʼdagi kanalida idora rahbari Andrey Belousov va Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In o‘rtasidagi uchrashuvdan so‘ng Moskva Pxenyanni paradda ishtirok etishga taklif qilganini yozdi.
15 yanvar kuni Belousov G‘alaba paradiga tayyorgarlik boshlanganini e’lon qildi. Bu yil u Moskvada, sakkizta qahramon shaharda va harbiy shtablar joylashgan yana 19 shaharda o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Vazirning so‘zlariga ko‘ra, paradga 19 ta «do‘st» davlatdan harbiy qismlar taklif qilingan, ulardan 10 tasi, jumladan, sobiq SSSRning yetti davlati ishtirokini tasdiqlagan.
"Meduza" nashrining yozishicha, Kreml paradga AQShdan yuqori martabali amaldor kelishini kutmoqda. «Parad BRIKS 2.0 sammitiga aylanishi mumkin — bu jiddiy izolyatsiya yo‘qligini ko‘rsatadi. Agar ko‘rsatsa, albatta. Lekin ular albatta harakat qilishadi», — dedi "Meduza" manbasi.
Tavsiya etamiz
Chigirtkalar bosqini: Bu ham iqlim bilan bog‘liq muammomi?
O‘zbekiston | 15:49 / 14.05.2025
«Eng kambag‘al prezident» Xose Muxika vafot etdi
Jahon | 08:03 / 14.05.2025
Toshkentda yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi
O‘zbekiston | 19:08 / 13.05.2025
1 iyundan O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida 30 kunlik vizasiz rejim kuchga kiradi
O‘zbekiston | 17:29 / 13.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Britaniya Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirishga chaqirdi
Jahon | 12:23
-
17 may kuni O‘zbekistonning ayrim hududlarida yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 12:07
-
Dehqonlarga issiq havoda ekinlarni parvarishlash bo‘yicha tavsiyalar berildi
O‘zbekiston | 12:05
-
Yana 2 ta turfirmaga Umra litsenziyasi berildi
Jamiyat | 12:02
Mavzuga oid

01:17 / 07.05.2025
NATOning uch davlati Vuchich va Fitso samolyotlarining Moskvaga uchishini taqiqladi

13:00 / 06.05.2025
Shimoliy Koreya Rossiyaga 15 ming mehnat muhojirini yubordi

20:30 / 05.05.2025
Moskvada parad munosabati bilan internetga kirish cheklanadi

22:44 / 04.05.2025