Ukraina Davlat tergov byurosi Oliy Radaning bir neça çaqiriğida deputat bölgan şaxs davlatga xiyonat, diniy adovat va nafratni qözğatişda gumonlanayotganini ma’lum qildi.

Byuro press-relizida gumonlanuvçining ismi keltirilmagan, ammo «Ukrainskaya pravda» va «RBK-Ukraina» manbalariga köra, gap oligarx Vadim Novinskiy haqida ketmoqda.

Novinskiy — Ukrainadagi eng yirik toğ-metallurgiya kompaniyalaridan biri bölgan «Metinvest» egalaridan biri va mamlakatning eng badavlat tadbirkori Rinat Axmetovning biznes şerigidir.

Davlat tergov byurosi Novinskiyni «rus pravoslav çerkovining Ukrainadagi kuratori» deb atamoqda. Tergov ma’lumotlariga köra, gumonlanuvçi 2014 yildan beri OAVdagi intervyulari, ommaviy çiqişlari, sayti va ijtimoiy tarmoqlar orqali Ukrainada ruslar «narrativlarini» tarğib qilib keladi. Xususan, deputat ukrain jamiyatida hukumatga qarşi kayfiyatni şakllantiriş va Rossiya bosqinini oqlaşga uringan.

«Rossiyaparast deputat rus pravoslav çerkovi rahbari patriarx Kirill Gundyayevning körsatmalarini bajargan, uzoq vaqt davomida u bilan qalin aloqada va uning ierarxik böysunuvida bölgan», — deyiladi idora xabarida.

Rossiya tomonidan Ukrainaga qarşi keng kölamli uruş boşlangaç, u deputatlik vakolatlarini topşirib, çet elga ketib qolgan. Şu bilan birga, Davlat tergov byurosiga köra, gumonlanuvçi «Ukraina suverenitetiga zarar yetkazişga qaratilgan axborot ta’sirini davom ettirmoqda».