2024 yilda Özbekistonga kirib kelgan pul ötkazmalari miqdori 14,8 mlrd dollarni taşkil qildi. Bu ötgan yilga nisbatan 30 foizga yoki 3,4 mlrd dollarga köp. Bu haqda Markaziy bankning «Jismoniy şaxslarning valuta operatsiyalari böyiça qisqaça şarhi»da ma’lum qilindi.
Mablağlarning 77 foizi Rossiyadan (11,5 mlrd dollar) kelib tuşgan bölib, 2023 yilga nisbatan 29 foizga oşgan. Mazkur transfertlarning qolgan qismi Qozoğiston (795 mln dollar), AQŞ (577 mln dollar), Janubiy Koreya (534 mln dollar), Turkiya (405 mln dollar), Buyuk Britaniya (135 mln dollar) va boşqa mamlakatlardan ötkazilgan.

Oylar kesimida olinganda, eng köp ötkazmalar iyulda (1 mlrd 785 mln dollar) amalga oşirilgan bölsa, eng kami fevralda (738 mln dollar) ötkazilgan.
Ötgan yilda Özbekistonga kelib tuşgan transçegaraviy pul ötkazmalari hajmida 2023 yilga nisbatan Buyuk Britaniyadan 83 foiz, Janubiy Koreyadan 56 foiz, AQŞdan 35 foiz hamda Yevropa Ittifoqi mamlakatlaridan 32 foiz ösiş kuzatilgan.

Uşbu davrda jismoniy şaxslarga kelib tuşgan mablağlarning 8,2 mlrd dollari an’anaviy xalqaro pul ötkazma tizimlari orqali (2023 yilga nisbatan ösiş 14 foiz), 5,9 mlrd dollari xorijdan jismoniy şaxslarning bank kartalariga töğridan töğri (P2P) ötkazmalari orqali (ösiş 51 foiz) hamda 774 mln dollari bank ötkazmasi (SWIFT) orqali (ösiş 2,1 barobar) amalga oşirilgan.
Şuningdek, 2024 yilda Özbekistondan çet elga yuborilgan pul ötkazmalari hajmi 2,8 mlrd dollarni (2023 yilga nisbatan ösiş 19 foiz) taşkil qilgan.
Valuta ayirboşlaş operatsiyalari
2024 yilda banklar hamda jismoniy şaxslar örtasidagi çet el valutasi oldi-sotdi operatsiyalari aylanmasining umumiy hajmi 2023 yilga nisbatan 19 foizga (4 mlrd dollar) köpayib, 25,5 mlrd dollarni taşkil etgan.
Mazkur davrda jismoniy şaxslar tomonidan banklarga 16,1 mlrd dollar miqdoridagi yoki 2023 yilga nisbatan 31 foizga köp (2023 yilda 12,3 mlrd dollar) çet el valutasi sotilgan. Şu bilan birga, jismoniy şaxslar tomonidan banklardan xarid qilingan çet el valutasi hajmi 2023 yilga nisbatan 3 foizga ösib, 9,4 mlrd dollarga yetgan (2023 yilda 9,1 mlrd dollar).













