Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Chilonzorda harakatsiz turgan Nexia yonib ketdi
Bunyodkor shohko‘chasidagi MDIS instituti avtoturargohida harakatsiz turgan Nexia rusumli transport vositasida yong‘in kelib chiqdi.
2025 yilning 20 yanvar kuni soat 08:10 larda Chilonzor tumani Bunyodkor shohko‘chasidagi MDIS instituti avtoturargohida harakatsiz turgan Nexia rusumli transport vositasida yong‘in kelib chiqqan.
Toshkent shahar IIBB YHXB xabariga ko‘ra, yong‘in tuman FVB xodimlari tomonidan bartaraf etilgan.
Yong‘in natijasida tan jarohat olganlar bo‘lmagan.
Mazkur hodisa yuzasidan YHXB hamda FVB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilib, yong‘in yuzaga kelishining sabablariga aniqlik kiritilmoqda.
Toshkent shahar IIBB YHXB barcha haydovchilardan boshqaruvidagi transport vositasining texnik sozligiga e’tiborli bo‘lishni so‘radi.
Mavzuga oid
23:12 / 28.06.2026
Chilonzor va Yakkasaroy tumanlarining bir qismida elektr ta’minoti qayta tiklandi
09:29 / 20.06.2026
Chilonzorda Kichik halqa yo‘lida transport harakatiga cheklov joriy etiladi
10:23 / 28.01.2026
Yashab turgan uyini berib, ko‘chada qolganlar ham bor: Toshkentda yana bir quruvchi mijozlarini sarson qilmoqda
09:03 / 20.11.2025