Özbekiston Taşqi işlar vaziri örinbosari Bobur Usmonov Gurjistonning mamlakatdagi muvaqqat işlar vakili David Kotariyani qabul qildi.
TIV ma’lumotiga köra, yiğilişda 2024 yilda amalga oşirilgan hamkorlikdagi işlar yakunlari sarhisob qilinib, joriy yilga möljallangan rejalar muhokama qilindi. Özbekiston-Gurjiston munosabatlarini izçil mustahkamlaş va ularni amaliy mazmun bilan töldirişga intiliş tasdiqlandi.
Tomonlar ikki tomonlama kun tartibidagi barça dolzarb masalalar, xususan, fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qiliş böyiça konstruktiv muloqotni davom ettirişga kelişib oldilar.











