Qozoğistonning Olmaota şahri Qorasoy tumanida sud olti nafar politsiyaçining har birini 2022 yil yanvarida mamlakatdagi ommaviy tartibsizliklar paytida qöllagan qiynoqlar uçun 3 yilga ozodlikdan mahrum qildi.

Jabrlanganlar orasida Tojikiston, Özbekiston va Qirğiziston fuqarolari ham bölgani aytilmoqda.

Sud ma’lumotlariga köra, 2022 yil yanvarida 44 kişi, jumladan, migrantlar hibsga olingan va politsiyaning maxsus izolyatoriga joylaştirilgan, ular qiynoqqa solingan. Politsiyaçilar aybi guvohlarning körsatmalari, ekspertiza natijalari va sudda taqdim etilgan boşqa dalillar bilan isbotlangan. Ta’kidlanişiça, hukm hali kuçga kirmadi, ayblanuvçilar apellyatsiya berişi mumkin.

Qozoğistonda 2022 yil yanvar oyida ommaviy tartibsizliklar bölib ötdi, namoyişçilar ma’muriy binolar, politsiya va harbiy xizmatçilarga hujum qildi. Qozoğiston prezidenti Qosim-Jömart Töqayev davlat töntarişiga uriniş haqida e’lon qildi va KXŞT kuçlaridan yordam söradi. 7 yanvarga kelib vaziyat barqarorlaşdi, 19 yanvardan esa butun mamlakat böylab favqulodda holat bekor qilindi. Tartibsizliklar oqibatida 238 kişi halok böldi, 4,5 mingdan ortiq kişi jarohatlandi.