Xitoylik mutaxassislar «havo-havo» sinfidagi maxfiy gipertovuşli raketaning yakuniy sinovlarini ötkazdi, deb xabar beradi South China Morning Post. Ta’kidlanişiça, bu yangi qurol mavjudligining birinçi tasdiğidir.
Yangi raketalar işlab çiqaruvçisi Xitoy aviatsiya sanoati korporatsiyasiga boğliq CAMA kompaniyasi hisoblanadi. Sinovlar yoyli isitiş tizimiga ega aerodinamik quvurda ötkazilgan: bunday şaroitda havo harorati ön minglab darajaga çiqişi mumkin. Naşr manbasining aytişiça, olimlar raketa Xitoy Harbiy-havo kuçlari talabiga javob berişi uçun uni termobarqarorlik sinovidan ötkazgan.
Xitoy va zamonaviy Osiyo RFA instituti hisobotiga köra, XXR yaqin yillarda harbiy xarajatlarni oşirişni davom etadi. Xususan, 2035 yilga borib mamlakat Rossiya va Amerika yadroviy qurollari darajasiga çiqişi mumkin. Şu bilan birga, Xitoy harbiy kemalarni foydalanişga topşiriş sur’atlari böyiça yetakçi pozitsiyani egallagan.
Avvalroq KXDR Raketasozlik boş boşqarmasi örta va uzoq masofaga möljallangan yangi gipertovuşli ballistik raketani muvaffaqiyatli sinovdan ötkazgani ma’lum bölgandi. Dekabr oyida esa Amerikaning Electron raketasi Pengaton manfaatlari uçun gipertovuşli tizimni sinovdan ötkazişga möljallangan apparatni kosmosga olib çiqqani töğrisida xabar berilgan edi.












