AQŞda Honda markasidagi 295 ming donadan ortiq avtomobil çaqirib olinadi. Yöl harakati xavfsizligi milliy boşqarmasiga (NHsA) köra, bunga elektron tormozlaniş tizimi avtomatik işlab ketayotgani sabab bölgan, deb yozadi Reuters.
Amerika regulyatorining hisoblaşiça, uşbu nuqson keskin tormozlaniş sabab töqnaşuv xavfini oşirişi mumkin.
Çaqirib olinadigan avtomobillar qatoridan 2019-2022 yillarda işlab çiqarilgan Honda Passport va Honda Insight modellari örin oldi. Honda kompaniyasi, öz navbatida, bu kabi nuqson bilan boğliq 412 ta holat aniqlanganini ma’lum qildi.
Dekabr oxirlarida Tesla kompaniyasi şinalarda bosimni nazorat qiliş tizimidagi muammolar sabab AQŞdagi 694 mingdan ziyod avtomobilini çaqirib olişi ma’lum bölgandi. Undan oldin esa AQŞ Yöl harakati xavfsizligi milliy boşqarmasi Hyundai Tucson va Santa Cruz avtomobillari tormoz tepkisi bosilmagan taqdirda ham «avtoturargoh» rejimidan çiqib ketişi mumkinligidan ogohlantirgan edi.












