«Manchester Siti» klubi özining rasmiy sahifalarida Abduqodir Husanov transferini e’lon qildi.
APLning amaldagi çempioni özbekistonlik himoyaçi bilan 2029 yilgaça şartnoma tuzdi. Kelişuvni yana bir yilga uzaytiriş imkoniyati közda tutilgan.
Avvalroq Manchester klubi 20 yoşli futbolçi uçun «Lans»ga 40 mln yevro tölaşi xabar qilingandi. Bu qiymat bonuslar hisobiga 50 mln yevroga yetişi ham mumkin.
Şu tariqa, Husanov Angliya Premer-ligasida öynaydigan birinçi özbek futbolçisiga aylandi. Şuningdek, Abduqodir özbek öyinçilari orasida eng qimmat transfer böldi. Avvalgi rekordçi 2021 yil «Jyenoa»dan «Roma»ga 18 mln yevroga ötgan Eldor Şomurodov edi.
Husanov faoliyatini Özbekistonning «Bunyodkor» klubi akademiyasida boşlagan, ammo murabbiylar uni asosiy jamoaga qabul qilmagan. 2022 yilda u Belarusning «Energetik-BGU» klubiga ötgan va u yerda asosiy tarkib futbolçisiga aylangan.
2023 yilda Husanov Özbekiston yoşlar jamoasi (U-20) bilan Osiyo kubogida ğolib çiqqan. U dunyoning eng istiqbolli himoyaçilari röyxatiga kiritilgan. Keyinçalik u asosiy milliy jamoa a’zosiga aylandi.
Öşa yili «Lans» Husanovni 100 ming yevro evaziga öz safiga qöşib oladi. Dastlabki mavsumida u Fransiya çempionatida 11 öyinda maydonga tuşadi, şuningdek Çempionlar ligasida ikki öyinda, jumladan, «Arsenal»ga qarşi bahsda iştirok etgan.
2024 yil yozida fransuzlar jamoasining asosiy markaziy himoyaçisi Kevin Danso jarohat olgaç, Husanovda imkoniyat paydo böladi va «Lans»ning asosiy tarkib futbolçisiga aylandi. Uning işonçli öyinlari jamoaga Liga 1 dagi eng yaxşi himoyalardan biri bölişga yordam berdi (16 öyinda klub 15 ta gol ötkazib yubordi, faqat PSJda kamroq — 14 ta).
U endilikda «Lans» tarixidagi eng qimmat transferga aylanib, APLga yöl oldi.
Welcome, Abdukodir 👋 pic.twitter.com/Y6X88GB79O
— Manchester City (@ManCity) January 20, 2025











