Isroil Mudofaa kuçlari (TSAHAL) ştab boşliği general-leytenant Gersi Ha-Levi şu yilning mart oyida iste’foga çiqişini ma’lum qildi. U HAMAS terrorçilari tomonidan 2023 yil 7 oktyabrda amalga oşirilgan hujumni qaytara olmagani uçun «javobgarlikni tan olgan holda öz lavozimini tark etmoqda», deb yozdi The Times of Israel.

Ha-Levi vakolat muddati tugaşiga 10 oy qolganda, 6 mart kuni iste’foga çiqadi. Bu haqda u boş vazir Binyamin Netanyahu va mudofaa vaziri Israel Katsga maktub yubordi.

Qolgan olti hafta içida Ha-Levi Isroil armiyasining 7 oktyabrdagi muvaffaqiyatsizliklari haqidagi hisoboti ustida işlaşni rejalaştirmoqda.

2024 yil aprel oyida Isroil harbiy razvedkasi rahbari general-mayor Aaron Haliva iste’foga çiqqan edi. U ham 7 oktyabr kunidagi muvaffaqiyatsizliklar uçun javobgarlikni öz zimmasiga oldi. The New York Times xabariga köra, Isroil razvedka idoralari Falastinning HAMAS guruhi harbiy rejalari haqida 2023 yil 7 oktyabrdan bir yildan köproq vaqt oldin xabar topgan, ammo jiddiy qabul qilmagan.