APLning yarmi talabgor edi - agent Husanovning Angliyaga yöl olişi tarixi haqida
|01:51 / 23.01.202519 84310 min
U barça da’vogarlar, jumladan, «Siti»ning şort-listida ham birinçi örinda turgan. U uçun oxirigaça kuraşgan, ammo moliyaviy tomondan raqobat qila olmagan boşqa ingliz klubi vakillari esa şunday degan: «Bizga faqat u kerak - undan boşqa heç kim».
Foto: Ijtimoiy tarmoqlarFoto: Ijtimoiy tarmoqlar
Abduqodir Husanovning manfaatlarini ifoda etuvçi futbol agenti Ğayrat Xasbiullin «Sport-Ekspress» uçun bergan intervyusida öz mijozi «Mançester Siti»ga ötişi qanday röy berganini aytib berdi.
«Husanov Yevropada 23 yoşgaça bölgan himoyaçilar orasida top-5’da bölgan»
— Abduqodirning «Siti»ga transferi reallaşganini siz özingiz qaçon tuşunib yetdingiz? Muzokaralar qanday keçdi?
— Biz noyabr oyi oxirida «Siti»ning futbolçimizga qiziqişi jiddiy ekanini bildik. Dekabr oyi boşida esa ingliz klubi ehtimoliy transfer böyiça «Lans» bilan ham, biz bilan ham muloqot boşladi.
— Boşqa variantlar ham bor edimi?
— Öşa vaqtda APLdagi jamoalarning yarmi Husanov böyiça biz bilan aloqaga çiqdi.
— Yarmimi?
— Qaysidir pallada men biz bilan aloqaga çiqqan 12 ta ingliz klubini sanagandim.
— «Siti»ning raqobatçisi qaysi edi?
— «Nyukasl». Bu klub oxirigaça poygada qoldi. Bu juda yaxşi klub, qiziqarli loyiha. Ularning kelajagi katta. Öylaymanki, «Nyukasl» yaqin yillarda muntazam ravişda APLning kuçli oltiligida böladi. Ammo moliyaviy feyr-pley va boşqa omillar tufayli «Nyukasl» muayyan taklif bera olmadi. Iş çözildi. Bu vaqtda esa «Siti» «Lans»ga ham, bizga ham bosim ötkazib, javobimizni söradi. Yakunda biz şu variantni tanladik. Kelişuvga erişildi.
— Husanov Xosep Gvardiolaning e’tiborini birinçi navbatda nimasi bilan tortdi?
— Menimça, bu savolni menga emas, Pepning öziga beriş töğriroq bölsa kerak. U men bilan bunday fikrlarini bölişmaydi (kuladi). Ammo tuşunişimça, Abduqodir — yoş, jismonan baquvvat, yakkakuraşlardan qoçmaydigan futbolçi sifatida «Siti»ni öziga qaratgan. U heç kimdan tap tortmaydi. Pepga şunday himoyaçi kerak bölgan. Husanov barça körsatkiçlarga köra Yevropada 23 yoşgaça bölgan himoyaçilarning kuçli beşligiga kiradi. Men bundan ham köproğini aytaman. Biz bilan aloqaga çiqqan klublarning barçasida Abduqodir röyxatning eng yuqorisida turgan. Ikkinçi, uçinçi emas, balki aynan birinçi!
Mavzuga oid
— «Siti»da hammi?
— Ha, «Siti»da ham u şort-list tepasida edi. «Nyukasl»dagilar esa şunday degandi: «Bizga faqat u kerak — boşqa heç kim»!
— TsSKAdagi Abbos Fayzullayev yaqinda Husanov soatiga 35 kilometr tezlikda yugura olişini aytgandi. U raketami?
— Hatto 35 emas, soatiga 37 kilometr tezlik. Hozir qaysi öyinda bölganini eslay olmayman, u Fransiya çempionatida yaponiyalik bir hujumçidan aynan şunday tezlikda yugurib özib ketgandi. Yakkakuraşlarda ham u kuçli, heç kimdan qolişmaydi. Uning birinçi liga (Fransiya oliy divizioni) birinçi davrasidagi statistikasini qaraşingiz mumkin. Barçasi yaqqol tuşunarli böladi.
— Husanovning karerasi haddan taşqari tez kötarilmadimi? Axir 2023 yilda ham u Belarus çempionatidagi «Energetik-BGU» safida töp surardi.
— Demak, uning atrofidagi odamlar va uning özi karerani rivojlantiriş böyiça barçasini töğri bajargan. Demak, biz xato qilmaganmiz.
«Siti» uni ijaraga beradimi? Unda nega 50 million töladi?
— Jiddiy raqobat tufayli «Siti» Abduqodirni ijaraga berib yuborişi mumkinligini ham öylaysizmi?
— Ha, raqobatni heç kim inkor etmaydi. Ammo mening tuşunişimça, Pep jamoani qaytadan qurişga qaror qilgan. Va hozirda «Siti» eng yaxşi yoş markaziy himoyaçilarni xarid qilmoqda. Abduqodir heç qaçon asosiy tarkib uçun kuraşdan çöçimagan, u doimo qiyin, oğriqli kuraşga kirişgan. Va men «Siti» uni keyin ijaraga berib yuboriş uçun 50 millionga oldi deb öylamayman. Gvardiola uni hozirning özida tarkibda körişni istadi. Aks holda «Siti» uni sotib olib, klubida ijarada qoldirişi mumkin edi. Inglizlar uni qişdayoq olib ketdimi, demak, Gvardiola çindan ham unga umid qilmoqda.
— Şunçaki, masalan, taniqli agent Dmitriy Selyuk transfer summasi 40-50 million emas, maksimum — 20 million bölgan deb hisoblamoqda.
— 40 million. Plyus 10 million bonuslar. Öylaymanki, bu şundoq ham barçaga ma’lum, buni hammayoqda e’lon qilişdi. Jami 50 böladi.
— Husanovni «Energetik- BGU»da şuğullantirgan Pavel Rodnenok özbek futbolçisi «Siti»dagi barça raqobatçilarini yamlamay yutişini aytdi. U ruhiy jihatdan naqadar kuçli?
— «Lans» murabbiyi Frenk Es 19 yoşli futbolçimizni körganida, u kattalardek öynaşini aytgandi. Husanov uçun çindan ham heç qanday çegaralar yöq, u yulduzlarga qarşi öynaşga tayyor. Bu futbolçi aynan himoyada öynab rohatlanadi. «Lans»ning öyinlarini kuzatganmisiz, yöqmi, bilmayman, ammo muxlislar uning yakkakuraşlaridan zavq olişardi. Odatda barça goldan hayratga tuşadi, u yerda esa tribunalar uning himoyadagi kuraş olib borişini olqişlaşardi! Uning himoyadagi har bir muvaffaqiyatli harakati gulduros qarsaklarga ulanardi.
— Rodnenok «Energetik-BGU»da Husanov kuniga tört martadan maşğulot ötkazganini aytdi.
— Anatoliy Ivanoviç Yureviç Abduqodir uçun maxsus dastur işlab çiqqandi. Darvoqe, bir neça futbolçilarimiz uşbu murabbiy qölidan ötgan. Biz uning yuklamalari qançalik oğirligini bilamiz. Ammo, doş berganlar yuqori darajada öynab ketgan. Abduqodir Yureviçning qöliga 16 yoşida borgan va bu uni pirovardida hozirgidek juda baquvvat qilgan omillardan biri bölgan. Uning otasi — Özbekiston milliy jamoasida öynagan sobiq futbolçi. U öğliga futbol haqidagi tuşunçalarni singdirgan. Otasi uning boş tanqidçisi va maslahatgöyi.
— Şu bilan birga, ayrim ekspertlar «Siti»da Abduqodirda hujumni boşlaşdagi birinçi pas bilan muammolar bölişini taxmin qilmoqda.
— Lekin biz agar dunyodagi eng yaxşisi bölmasa, eng yaxşilardan biri bölgan murabbiyga bordik! Gvardiola Abduqodirga köp narsani örgatişi, uning kamçiliklarini tuzatişi va uni yanada kuçliroq qilişi mumkin. Ya’ni biz oddiy variantga emas, uning öynaşi kafolatlangan örtamiyona klubga emas, balki jiddiy maqsadlar qöyiladigan va u albatta ösişda, rivojlanişda davom etadigan joyga bordik. Şuning uçun yakunda «Mançester Siti»ni tanladik. Umid qilamizki, Pep Abduqodirni bir neça yil içida Yevropaning eng yaxşi himoyaçisiga aylantiradi.
— Gvardiola birinçi muloqotida Husanovga nimalar dedi?
— Men öşa yerda edim. Pep Abduqodirga şunday dedi: «Men sen imkon qadar tezroq ingliz tilini örganişingni istayman, biz köproq gaplaşa olişimiz uçun».
— Uning inglizçasi unça yaxşi emasmi?
— Abduqodir Fransiyada öynayotgandi. Hozir u faollik bilan inglizçani örganmoqda. Pep unga yana şunday dedi: «Har kuni kamida bir soat şuğullan, iltimos»! Husanov umuman olganda maşğulot jarayonidagi barça gapni tuşunadi, ammo Gvardiola uçun nyuanslar, detallar juda muhim. Şuning uçun ular yaqinroq muloqot qilişlari kerak. Şunday ekan, Abduqodir öz inglizçasini yaxşilaşi kerak.
— Abduqodir Belarusda öynaganida, sizlarda Rossiyaning top klublaridan takliflar bölganmi?
— Mening şerigim Uluğbek Asanbayev bor. Biz bu futbolçini birgalikda olib yuribmiz. Unga RPLdan çiqqan bölişlari mumkin. Men esa e’tiborimni faqat Yevropa yönalişiga qaratgandim. Şuning uçun bu savolga javob berişim qiyin. Qolaversa, men amalga oşmagan işni muhokama qilişni yoqtirmayman. Faqat Turkiyadan ham qiziqiş bölganini aytişim mumkin. Ammo biz yakunda «Mançester Siti»ga keldik, bu esa amalda bosqiçma-bosqiç töğri harakatlanganimizni anglatadi.
— Hozirda TsSKA sport direktorligidan ketgan Andrey Movsesyan armiyaçilar öz vaqtida Husanov bilan şartnoma tuzişi mumkin bölgani, ammo uni «Lans» olib ketganini aytdi.
— Bizda prioritetda doimo Yevropa çempionati bölgan. Yigitça Belarusda öynayotganida, biz şerigim bilan bu mavzuni köp gaplaşardik. U mendan Yevropa yönalişida işlaşimni söragan. Biz aynan şu maqsadni közlagandik va unga qarab bordik.