Toşkent viloyatida Qibray tumani hududidagi Baytqörğon va Parkent tumani oraliğida elektrlaştirilgan temiryöl liniyasining qurilişi boşlanişiga bağişlangan tadbir bölib ötdi.

Loyiha böyiça Baytqörğon – Parkent elektrlaştirilgan temiryöli umumiy uzunligi 23,8 kilometrdan iborat böladi. Yangi yönalişni loyihalaş işlari “Boştransloyiha” aksiyadorlik jamiyati, quriliş işlari esa temiryölçi mutaxassislar tomonidan amalga oşiriladi.
Loyiha doirasida 2 ta ajratiş punkti, 4 ta köprik, 2 ta yöl ötkazgiç, 1 ta tunel turidagi yöl ötkazgiç, 78 ta suv ötkaziş inşooti, 7 ta avtomobil yöli va temir yöli kesişmasi qurilişi rejalaştirilgan.

Uşbu yangi loyiha yakuniga yetib, foydalanişga topşirilgaç Parkent tumaniga taşrif buyuruvçilar, ayniqsa, sayyohlar oqimi sezilarli darajada ortadi.













