Donald Tramp AQŞda hokimiyat tepasiga kelganidan ikki kun ötib Germaniya kansleri Olaf Şols va Fransiya prezidenti Emmanuel Makron birgalikda kuçli Yevropa tarafdori ekanliklarini bildirdi. Tramp bilan işlaş qiyin vazifa böladi, biroq Yevropa «egilib, yaşirinmaydi, balki konstruktiv va öziga işongan hamkor böladi», dedi Şols 22 yanvar, çorşanba kuni Parijda Makron bilan uçraşuvda.

Uning sözlariga köra, u yevropalik hamkorlari bilan birgalikda Tramp Oq uyga qaytganidan keyin qabul qilgan qarorlarni «diqqat bilan tahlil qiliş» niyatida. «Yevropa kuçli va barqaror bölişi kerak, ya’ni ehtiyotkorlik bilan aytganda — doimiy harakatda», dedi Germaniya hukumati rahbari. Şols Yevropa 450 millionga yaqin aholiga ega yirik iqtisodiy zona ekanligini ta’kidladi. «Biz kuçlimiz. Biz birlaşganmiz», — deya qöşimça qildi u.

Makron: Yevropaliklar öz manfaatlarini himoya qilişi kerak

Öz navbatida, Makron Germaniya va ayniqsa, Fransiya endilikda «transatlantik hamkorlikka qat’iy amal qiladigan, lekin öz manfaatlarini qanday himoya qilişni ham biladigan» «birlaşgan, kuçli va suveren Yevropa» uçun sa’y-harakatlarni amalga oşirişi kerakligini ta’kidladi.

Yevropaliklar öz sa’y-harakatlarini «demokratiyalarini mustahkamlaş, iqtisodiy va ijtimoiy modelni qöllab-quvvatlaş uçun raqobatbardoşlik, farovonlikni oşiriş va xavfsizlikni mustahkamlaşga qaratişi kerak», dedi Makron.